E qosimov, M. Akbarov


YOG‘OCHNING MEXANIK XOSSALARI



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə25/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156
YOG‘OCHNING MEXANIK XOSSALARI

Yog‘ochning mexanik xossalari uning anatomik tuzilishiga, tolalarining joylashishiga va zichligiga, hujayralar orasidagi moddalar miqdoriga bog‘liq.


Mexanik xossalariga ko‘ra, boshqa ashyolarga nisbatan yog‘ochning ko‘pgina afzalliklari bor. Uning cho‘zilishga, siqilishga, egilishga mustahkamligi, yorilishga qarshilik ko‘rsatish kabi xossalari qurilishda juda qo‘l keladi.
Siqilishdagi mustahkamlik. Ko‘pchilik yog‘och konstruksiyalar siqilishga ishlaydi. Masalan: to‘sin, qoziq, ustun, sinch va h.k. Yog‘och konstruktiv element sifatida ishlatilganda tolalarining yo‘nalishi va jinsi e’tiborga olinadi. Shuningdek, yog‘och tolalari bo‘ylab ta’sir etadigan siquvchi kuchlarga ko‘ndalang tushadigan kuchlarga nisbatan yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Shu sababli, yog‘och ashyolarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi ikki ko‘rsatkich: tolalari bo‘ylab va tolalariga ko‘ndalang siqilish bilan ifodalanadi (2.2-jadval).
Yog‘ochning tolalari bo‘ylab siqilishidagi mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun nuqsonsiz joyidan 20x20x30 mm o‘lchamdagi namunalar tayyorlanadi. Namunalar gidravlik pressda siqilishga sinaladi va olingan natija yog‘ochning 12% namligidagi mustahkamligiga keltiriladi.
2.2-jadval
Yog‘ochlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi
Yorilishga qarshiligi. Yog‘ochga mix, pona va h.k. qoqilganda u tolalari bo‘ylab yorilishi mumkin. Yog‘ochning yoriluvchanligi, avvalo, tolalarining zichligiga bog‘liq. Yog‘ochni yoriluvchanlikka sinash uchun qalinligi va eni 20 mm li prizmani randalab, 2.12-rasmda ko‘rsatilgan o‘lchamlarda namunalar tayyorlanadi va Mixaelis asbobida ikki uchidagi o‘yiqqa kuch berib tortiladi. Yog‘ochlar juda qiyin yoriluvchan (shamshod, grab, olcha, tiss), qiyin yoriluvchan (zarang, shumtol, kashtan) va oson yoriluvchan (qarag‘ay, terak, eman, archa va h.k.) bo‘ladi.
Egilishga mustahkamligi. Yog‘och eguvchan statik kuchga katta qarshilik ko‘rsata oladi. Yog‘ochning tolalari bo‘ylab egilishga mustahkamlik chegarasi cho‘zilishga nisbatan salkam 2 barobar ko‘p. Shuning uchun ham, qurilishda yog‘och egilishga ishlaydigan konstruksiyalar (ko‘priklar qurilishida to‘sin, ferma, so‘ri va h.k.) sifatida keng ishlatiladi.
Yog‘ochning statik egilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun tajribaxona sharoitida randalab silliqlangan taxtadan 2020300 mm o‘lchamli namunalar tayyorlanadi va gidravlik zichlagichda sinaladi.
Yog‘ochning jinsiga ko‘ra statik egilishga mustahkamlik chegarasi 2.3-jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin