E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə23/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   156
YOG‘OCHNING XOSSALARI
Yog‘ochning fizik xossalari. Yog‘ochning rangi, asosan, hujayralardagi rangli moddalar miqdoriga, daraxtning yoshiga va qanday sharoitda o‘sganligiga bog‘liq. Iqlim sharoiti o‘rtacha bo‘lgan joylarda o‘sgan daraxtlar odatda bir xil rangda (oq sarg‘ishdan jigarranggacha) bo‘ladi.
Qarag‘ay, tilog‘och, eman va shunga o‘xshash daraxtlar o‘zagining rangi yog‘ochidan tubdan ajralib turadi. Ayrim holatlarda yog‘ochda paydo bo‘ladigan g‘ayritabiiy ranglar, ya’ni rangli dog‘lar yoki qatlamlar unda zamburug‘ kasalligi boshlanayotganligidan darak beradi.
Fizik-kimyoviy omillar ta’sirida yog‘ochning rangi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi.
Masalan, zirk daraxti tanasidan tilingan yog‘och vaqt o‘tishi bilan o‘z rangini och-binafshadan sariq- qizg‘ish ranggacha o‘zgartiradi. Bunga sabab, yog‘och hujayralaridagi ayrim moddalarning havo va nur ta’sirida oksidlanishidir.
Namlik yog‘och hujayralarida, ular orasidagi bo‘shliqlarda, pardalar yuzasida erkin, gigroskopik yoki kimyoviy birikkan holatda bo‘ladi. Yangi kesilgan daraxtda namlik miqdori 35 dan 40% gacha bo‘lishi mumkin. Sun’iy yoki tabiiy usulda quritilgan yog‘ochda erkin holatdagi suv 12—15% dan oshmaydi.
Namlik daraxtda shira holatida ham bo‘ladi. Bu shira tashqi namlik va suv ta’sirida tez achib bijg‘iydi va yog‘ochda kasalliklarni vujudga keltiradi.
Quyidagi 2.1-jadvalda ignabargli yog‘ochlarning fizik xossalari keltirilgan.
2.1-jadval


Ignabargli yog‘ochlarning fizik xossalari
Quyidagi 2.10-rasmda suvga to‘lgan hujayralar shishish ko‘rsatkichini ularning kesimiga ko‘ra o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
Yog‘och namligini tajribaxona sharoitida aniqlash ko‘p vaqt talab etadi, shu bilan birga, tayyor buyumlarning namligini aniqlash qiyin.
Yog‘och buyumlar, taxta va to‘sinlarning namligini aniqlashda yangi usullarni qo‘llash mumkin. Ma’lumki, yog‘ochning elektr o‘tkazuvchanligi uning namligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr nam o‘lchagichning ishlash prinsipi ana shunga asoslangan. Yog‘och qancha nam bo‘lsa, u elektr tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi va aksincha, yog‘och qancha quruq bo‘lsa, u tokni yomon o‘tkazadi.
Taxta yoki to‘sinning namligini aniqlash uchun asbob uchlari yog‘och sirtiga botiriladi va asbob 220 voltli elektr tokiga ulanadi. Elektr lampochka yonishi bilan asbob shkalasidagi strelka namlikni ko‘rsatadi. Bunday asbob bilan 7—30% namlikni aniqlash mumkin.
Namlik darajasiga ko‘ra, yog‘och quyidagi xillarga bo‘linadi: suvga to‘la to‘yingan namligi 35% dan ko‘p bo‘lgan yangi kesilgan yog‘och; namligi 15—20% bo‘lgan havoyi — quruq yog‘och; namligi 8—10% bo‘lgan xona quruqligidagi yog‘och.
Uzoq vaqt ochiq havoda saqlangan yog‘ochning namligi atrof muhit namligiga tenglashib qoladi. Bunga yog‘ochning muvozanat namligi deyiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin