E qosimov, M. Akbarov


Yog‘ochning jinsiga ko‘ra statik egilishga mustahkamligi



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə26/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156
Yog‘ochning jinsiga ko‘ra statik egilishga mustahkamligi

Yog‘ochning eng muhim texnik xossalaridan biri mix, burama mix va shunga o‘xshashlarni o‘zida mahkam ushlay olishidir. Yog‘ochlarning bu xossasi mukammal tekshirilgan. Yog‘ochga mix qoqilganda u pona singari tolalarni o‘zaro ajratadi, ayrim hollarda tolalarni kesadi. Tolalar pishiq va elastik bo‘lganligi uchun qoqilgan mixni mahkam ushlab turadi. Ayrim jinslarda (eman, tilog‘och, qora qayin) mix qoqish paytida darzlar hosil bo‘ladi. Qarag‘ay, archa va zirk kabi daraxtlar yog‘ochlariga mix osongina qoqilishi mumkin. Eman mix yoki burama mixni ignabargli jinslarga nisbatan 1,5-2 marta mahkam ushlaydi. Yog‘ochlarning mixni ushlash qobiliyati 2.4-jadvalda keltirilgan. Taqqoslash uchun eng mustahkam grab jinsining mixni ushlash qobiliyati 100 deb olingan.


2.4-jadval
Yog‘ochlarning mixni ushlash qobiliyati
Yog‘ochdagi nuqsonlar va kasalliklar. Agar daraxt yomon sharoitda o‘sib mexanik kuch ta’sirida shikastlansa, ularda har xil nuqsonlar va kasalliklar paydo bo‘ladi. Bular yog‘ochning qurilish uchun talab qilinadigan texnik sifatini pasaytiradi.
Yog‘ochdagi nuqsonlar qurilish konstruksiyalari va buyumlarini tayyorlashda, ulardan foydalanishda juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ochdan ko‘pgina nuqsonlar, avvalo daraxtning o‘sish jarayonida paydo bo‘ladi. Lekin o‘sib turgan daraxtdagi nuqsonlar miqdorini uni kesishdan oldin bilish qiyin. Yog‘ochdagi ayrim nuqsonlar uni tayyorlash, tashish va saqlash jarayonida paydo bo‘ladi. Quyida ko‘p uchrab turadigan nuqsonlar to‘g‘risida qisqa ma’lumot keltirilgan.
Burama yog‘och tolalarining daraxt tanasi bo‘ylab o‘zagi atrofida spiral shaklda o‘ralib joylashishi yog‘ochning burama nuqsoni deb ataladi.
Chirmoq deb to‘g‘ri yo‘nalishdagi tolalarning ko‘z (butoq asosi) atrofida egrilanib joylanishiga aytiladi.
Chirmoq daraxt tanasidagi «ko‘z» va shoxlar bor joyda hosil bo‘ladi.
Yog‘och tolalari to‘lqinsimon yoki tartibsiz yo‘nalishda joylashganligi, daraxtning bir me’yorda o‘smaganligidan darak beradi. Bunga uning chigalligi deb ataladi. Chigallik daraxt tanasida ayrim joylarda bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha chigallik tananing yerdan chiqqan qismida uchraydi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin