E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə34/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   156
Labrodorit — gabbroga o‘xshash, asosan dala shpati va boshqa och-qora rangli minerallardan tashkil topgan jins. Labrodoritni pardozlaganda uning sirtida jilvalanadigan ko‘k-binafsha rangli minerallar ajralib turadi. Shuning uchun uni ko‘proq hashamatli inshootlar qurishda bezakli qoplama plitalar sifatida ishlatiladi.
Vulqondan toshib chiqqan birlamchi tog‘ jinslari magma holatda yer yuziga ko‘tarilishida kristallana boshlaydi va magma sovishi jarayonida to‘la kristallangan, bir tekis kristallanmagan va to‘la kristallanmagan tuzilishga ega jinsga aylanadi. Tog‘ jinslarining tuzilishi orqali ularni fizik-mexanik xossalari to‘g‘risida umumiy fikr yuritsa bo‘ladi. Shular ichida donalari bir tartibda joylashgan tog‘ jinslari yuqori mustahkam bo‘ladi. Ammo yirik donali kristallardan tashkil topgan jinslar haroratning o‘zgaruvchanligidan yoki mexanik kuchlar ta’sirida tez buziladi. Xuddi shunday holatni tarkibida har xil minerallar bo‘lgan jinslarda ko‘rish mumkin. Qurilishda ko‘p ishlatiladigan magmatik tog‘ jinslarining ayrimlari bilan tanishamiz.
Yer qatlami yuzasida joylashgan tog‘ jinslari har vaqt atmosfera ta’sirida (haroratning o‘zgarishi va boshqa omillar) asta-sekin yemirila boshlaydi, natijada ular sochiluvchan yoki chang holatiga o‘tadi.
Porfirlar — kvars va dala shpatining mayda donali minerallar bilan o‘zaro zich joylashishidan hosil bo‘lgan pardozbop jins. Mineralogik tarkibi bo‘yicha granitga o‘xshaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir va ko‘kimtir rangda bo‘ladi. Uning zichligi 2400—2600 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 80—230 MPa ga teng. Porfirlar pardozbop qoplamalar, zinapoyalar sifatida va yo‘l qurilishida ishlatiladi.
Bazalt — yashirin kristalli, ba’zan shishasimon tuzilishga ega bo‘lgan jins (3.4-rasm). Yer yuzasiga ko‘tarilgan jinslar ichida zichligi eng katta (3300 kg/m3) bo‘lgan jinsdir. Bazaltni ishlash ko‘p mehnat talab etadi, ammo uni silliqlash oson. Bazaltning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 300—500 MPa ga yetadi. Bazalt harsang tosh, shag‘al va boshqa donali pardozbop buyumlar tayyorlashda, eritib olinadigan pardozbop buyumlar va issiqlikni saqlovchi mineral paxta uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.
Diabaz — dala shpati va avgitdan tashkil topgan kristall jins. Uning tarkibiga olivin minerali ham kiradi. Diabaz porfir tuzilishida ham uchraydi, rangi — to‘q-sariq, zichligi 3000—3100 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 300—450 MPa ga teng. Diabaz yuqori qattiqlikka va nihoyatda zich bo‘lganligi uchun yo‘llarni qoplashda va boshqa ishqalanishga uchraydigan inshootlarda pardozbop plitalar sifatida ko‘p qo‘llaniladi. Diabazning boshqa jinslardan farqi uning erish haroratining kichikligidir (1200—1300°C). Shu sababli maxsus pardozbop qurilish buyumlari diabaz eritmasidan quyib olinadi. Diabaz har xil pardozbop plitalar, to‘sinlar va boshqa donali qismlar, shuningdek, mineral paxta tayyorlashda va asfaltbetonlar uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin