E qosimov, M. Akbarov


Pardozbop yog‘ochga antiseptik moddalarni shimdirish



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə31/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156
Pardozbop yog‘ochga antiseptik moddalarni shimdirish. Bu maqsadda qurilgan maxsus beton hovuz antiseptik suyuqlik bilan yarmiga qadar to‘ldiriladi, so‘ngra unga yog‘och buyum solinadi va 7—14 kun davomida ushlab turiladi. Yog‘och issiq, keyin sovuq hovuzlarda tez antiseptik suyuqliklarga shimiladi. Buning uchun yog‘och 90—95°C gacha isitilgan antiseptikka botiriladi va bir necha (8—12) soat saqlanadi. Natijada, yog‘och isiydi va g‘ovaklaridagi havo kengayib, bir qismi chiqib ketadi. Keyin yog‘och issiq holatda ko‘prik kran vositasida isitilmagan antiseptik suyuqlik solingan hovuzga tushiriladi.
Shimdirilgan va shimdirilmagan yog‘och shpalning nobop sharoitdagi chidamlilik muddati 2.5-jadvalda keltirilgan.


2.5-jadval
Shimdirilgan va shimdirilmagan yog‘och shpalning chidamlilik muddati
Yog‘ochni o‘tdan himoya qilishda uning yonib ketishiga va alanga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, alanga olgan taqdirda uni pasaytirish choralarini ko‘rish kerak. Yog‘och konstruksiyaga qoplangan kigiz ustidan ishlangan suvoq loy, shimdirilgan kigiz ustidan tunuka qoplash va boshqalar shunday himoya qatlami vazifasini o‘taydi.
Binoning pardozbop yog‘och qismlarini o‘tga chidamli bo‘yoq bilan bo‘yashdan maqsad, bo‘yoq qatlami yonganda, zich parda hosil bo‘lib, yog‘ochga havo o‘tkazmasligidir. Demak, yonish ham to‘xtaydi. Silikat bo‘yoqlar (suyuq shisha asosida ishlanadigan) shunday qatlam hosil qiladi. Biroq, silikat bo‘yoqlardagi kislorod, yomg‘ir va gazlar ta’siriga uncha bardosh berolmaydi, mo‘rt va chidamsiz bo‘ladi. O‘tga chidamli faol modda antipiren deb ataladi. Qiziganda yonmaydigan ammiak gazini hosil qiluvchi ammoniy fosfat va erigandan keyin pardozbop yog‘och sirtida himoya parda hosil qiladigan fosfat kislotalar shunday antipiren- lar jumlasidandir.


O‘ZBEKISTONNING YOG‘OCH ASHYOLARI

Markaziy Osiyo respublikalarida daraxt o‘stirish va o‘rmonzorlar barpo qilish alohida muhim ahamiyatga egadir. Hozircha bu o‘lkada o‘rmonlar juda kam. Har yili Markaziy Osiyoga Sibirdan 7 mln m3 dan ko‘p yog‘och keltiriladi. Yog‘och ashyolar tayyorlanadigan joylarning nihoyatda uzoqligi natijasida yog‘och ortish, tushirish va transport xarajatlari katta mablag‘ni tashkil etadi. Faqat transport xarajatlarining o‘zigina qayta ishlash narxining 21% ini tashkil qiladi. Yog‘och yetishtirish va daraxtlarning mahsuldorligini oshirish masalalarini hal qilishda teraklar, cho‘l va o‘rmonlarda archalarni ko‘paytirish katta rol o‘ynaydi.


Respublika hududining 5-6% inigina o‘rmon xo‘jaliklari tashkil etgan. Vaholanki, bu xo‘jaliklardan olinadigan yog‘ochlarning hammasini sifatli qurilish ashyolari sifatida ishlatish mumkin emas. O‘zbekiston hududida tabiiy o‘rmon va ko‘chat qilib ekilgan sun’iy maydonlar bor.
Tabiiy o‘rmonlar davlat o‘rmon fondiga kiradi va ular uch guruhga bo‘linadi: tog‘, to‘qay va cho‘lu dashtdagi o‘rmonlar. Asosan, tog‘ o‘rmonlari respublikamizning Chotqol, Turkiston, Zarafshon va G‘uzor tog‘ etaklariga joylashgan. Bu maydonlarda, asosan archa ko‘p tarqalgan. Qurilish ashyolari sifatida mahalliy ehtiyojlar uchun, asosan ko‘chat qilib ekilgan sun’iy o‘rmonlar, ariq yoki kanal qirg‘oqlariga ekilgan terak, akatsiya, gledichiya va tollargina ishlatiladi, xolos.
O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, davlat o‘rmon fondida 9237395 gektarga yaqin maydon bo‘lsa, shundan 8196375 gektar yer siyrak, tartibsiz o‘sgan o‘rmon bilan qoplangan. O‘rmonlarning asosiy qismi tabiiy daraxtlardan tashkil topgan, faqat 7500 gektar yerda sun’iy o‘rmonlardir. Tez o‘suvchi teraklar o‘stirish va imoratbop yog‘ochlar zaxirasi fondini barpo etish seysmik tumanlarda sinch devorli xo‘jalik va shaxsiy binolar (uy-joy va yordamchi binolar) qurishda ham katta ahamiyatga egadir.
Yog‘och ashyolar tanqis bo‘lgan O‘rta Osiyo respublikalarida qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan polbop va issiqlikni saqlovchi yengil ashyolar olish katta ahamiyatga ega. Hozir Toshkent Arxitektura-qurilish institutining «Qurilish ashyolari va gidravlika» kafedrasida qishloq xo‘jaligi chiqindilari va kuydirilmay olinadigan ishqorli bog‘lovchilar asosida turli devor va polbop ashyolar olish, ularni qurilishda keng ishlatish mumkinligi ilmiy tomondan isbotlandi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin