BARGLI YOG‘OCH JINSLAR
Bargli yog‘och jinslar duradgorlik buyumlari, fanera, parket, mebel va shu kabilar uchun ishlatiladi. Bargli yog‘och jinslar pishiq va chiroyli teksturaga ega bo‘lgan qattiq xillariga eman, shumtol, zarang, oq qayin va nok kiradi. Bunday daraxt tanasidan tilingan taxtada yog‘och tolalari va o‘zak nurlarining yaqqol ko‘rinib turishi, undan ishlangan buyumga husn beradi.
Bargli daraxt jinslarining yumshoq xillari qora qayin, zirk, oq qayin, tog‘terak, terak, yong‘oq, arg‘uvon (lipa) binolar qurilishida, mebel tayyorlash va pardozbop buyumlar (chaspaklar, plintuslar, tutqichlar) ish- lashda qo‘llaniladi.
Emanning (2.7-rasm) qishda bargi to‘kiladigan yozgi turi Kavkaz, Qrim, Ukraina va O‘rta Osiyoning
ayrim hududlarida (bargi yil bo‘yi to‘kilmaydigan turi) o‘sadi. Emanning bu ikkala turi bargi va tanasining tashqi ko‘rinishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Bu emanlarning xossalari deyarli bir xil, ammo yozgi emanning tanasi ancha to‘g‘ri bo‘ladi. Eman juda chuqur ildiz otadi, 500—600 yil yashaydi. Zich o‘rmonda o‘sgan eman daraxti odatda to‘g‘ri, kam shoxli va baland, alohida o‘sgani esa past, yo‘g‘on, sershox bo‘ladi.
Eman yog‘ochi juda qattiq, pishiq, og‘ir va chiroyli bo‘lib, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish rangda bo‘ladi. Eman yog‘ochi 60—80°C haroratda quritilganda, uning hajmi birmuncha kichrayadi, ya’ni kirishadi. Natijada,
emandan ishlangan buyumda darzlar hosil bo‘ladi. Suvda ko‘p vaqt turgan eman yog‘ochi juda qattiq bo‘lib qoladi. Bunga sabab emandagi teri oshlaydigan kislotalar temir oksidlari bilan birikib, suvga chidamli ashyo bo‘lishi va uning yog‘och yuzasini qoraytirishidir. Texnik xossalari yaxshi bo‘lganligi va chidamliligi sababli, eman ko‘priklar, gidrotexnik inshootlar qurilishida keng ishlatiladi. Eman yog‘ochining radial va tangental kesimi juda chiroyli. Eman parket, bochka taxtasi, faner, mebel tayyorlash va pardozlashda ishlatiladi.
Qayrag‘och — o‘zagi och-qo‘ng‘ir yoki kulrang-qo‘ng‘ir, zaboloni keng och-sariq yog‘och jinsdir. Qayrag‘och taxtasi zarbga yaxshi qarshilik qiladi. O‘zi og‘ir, pishiq, bir oz egiluvchan, qattiqligi o‘rtacha ashyo. Ayniqsa, suvda o‘z pishiqligini yaxshi saqlaydi, ochiq havoda, nam sharoitda esa tez chiriydi. Qayrag‘och gidrotexnik inshootlarda, mashinasozlikda ishlatiladi.
Oq qayin — bargli daraxtlar ichida eng ko‘p tarqalgan jins. Oq qayin yog‘ochi qattiq va pishiq, lekin tanasining egriligi va turli hasharot, zamburug‘lar ta’siriga chidamsiz bo‘lganligi sababli ayrim buyumlarga yaroqsizdir. Undan bolg‘a sopi, yo‘nib ishalanadigan buyumlar yasaladi. U faner ishlab chiqarish sanoatida ham ishlatiladi.
Oq qayin po‘stlog‘ining oqligi unda smolasimon moddalar (masalan, betulin) borligini bildiradi. Shuning uchun po‘stlog‘i shilinmagan oq qayin tanasidan nam o‘tmaydi, unga zararkunandalar zarar yetkazmaydi. Agar oq qayin yog‘ochi chiriy boshlagan bo‘lsa, uning rangi o‘zgaradi.
Qora qayin — qizil, sarg‘ish ranglarning turli tuslarida uchraydigan jins. Oq qayin daraxtida bunday tuslar bo‘lmaydi. Har qanaqasiga kesganda ham qora qayinda yillik qatlamlar, o‘zak nurlari yaxshi ko‘rinib turadi (2.8-rasm).
Qora qayinning radial kesimi juda chiroyli, pishiq, ammo nam va haroratlar ta’siriga chidamsizdir. U ko‘proq Kavkaz, Qrim va Markaziy Osiyoning janubiy tumanlarida o‘sadi.
Qora qayin yog‘ochi asosan mebel va faner ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi, undan parket va o‘quv asboblari ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: |