bob
PARDOZBOP YOG‘OCH ASHYOLARI VA BUYUMLARI
Daraxt tanasining shox-shabbalaridan va po‘stloqdan tozalangan qismi yog‘och ashyosi deb ataladi. Yog‘och asosiy qurilish ashyolaridan biri hisoblanadi. Yog‘och — yengil, ancha pishiq, issiqlikni o‘zidan kam o‘tkazadi, osonlikcha yo‘niladi, randalanadi, arralanadi. Shular bilan birga yog‘ochning qurilish ashyosi sifatida ko‘pgina kamchiliklari ham bor. Masalan, tolalarining joylanishiga ko‘ra xususiyatlarining o‘zgarishi, namlikni yutuvchanligi, namlikning mexanik xususiyatlariga ta’sir etishi, bikrligining qoniqarli emasligi, yorilishi, qurt va hasharotlar ta’sirida oson yemirilishi, oson alangalanuvchanligi yog‘ochni qurilishning hamma yerlarida ishlatishga to‘la imkon bermaydi.
Hozirgi vaqtda pardozbop yog‘och ashyolarni ishlatishdan avval ularning chidamliligini oshirish choralari ko‘riladi. Masalan, har xil texnik usullar bilan yog‘ochning sifatini oshirish, uni chirishdan saqlaydigan turli usullarni ishlatish, o‘tdan muhofazalovchi bo‘yoqlarni qo‘llash va h.k.
Bizning respublikamizda qurilishbop daraxtzorlar va o‘rmonlar deyarli yo‘q desa ham bo‘ladi. Markaziy Osiyo va Qozog‘iston hududlaridagi o‘rmon zaxiralari Rossiyaning 2,3% ini tashkil etadi. Yog‘ochni qayta ishlash sanoatidagi chiqindilar miqdori 50—60%. Shuning uchun ham, yog‘och chiqindilaridan pardozbop qurilish ashyolari ishlab chiqarish qurilish industriyasining samaradorligini keskin oshiradi.
Daraxtlar asosan, ikki guruhga bo‘linadi: ignabargli va yaproqli. Qurilishda ko‘p ishlatiladigan igna- bargli daraxtlarga — qarag‘ay, tilog‘och, qoraqarag‘ay kiradi. Yaproqli daraxtlarga esa eman, oqqayin, qora qayin, terak, jo‘ka kabilarni kiritish mumkin. Ignabargli daraxtlar o‘zlarining xossalariga ko‘ra yuqori sifatli, tanasining to‘g‘ri va tik o‘sishi bilan farq qiladi. Ammo tabiatda ko‘p tarqalgan bo‘lishiga qaramay, qurilishda yaproqli daraxtlar ignabarglilarga nisbatan 10-16% gina ishlatiladi.
Daraxtlarni quyidagicha bo‘laklarga bo‘lish mumkin: krona deb ataluvchi shox-shabba va butoqlar, tana hamda ildiz. Yog‘och qurilish ashyolarining asosiy qismi 50—60% ni tashkil etuvchi daraxt tanasidan ishlanadi. Ildiz daraxtning 5—20% ini, shox-shabba va butoqlar esa 4—15% ni tashkil etadi. Daraxt tanasining 2.1-rasmda ko‘rsatilgan kattalashtirilgan kesimiga nazar solinsa, uning makrotuzilishini ko‘rish mumkin.
Makroskopik tuzilishni o‘rganish jarayonida daraxt po‘stlog‘ining rangi va sirtiga baho beriladi. Bunda daraxt tanasining ko‘rinishi, o‘zagi va yillik halqa qatlamlarining soni, eski va yangi yog‘ochlarning bir- biridan farqi, smola yo‘llarining o‘lchamlari, yog‘och teksturasi va boshqalar aniqlanadi.
Daraxt tanasi, asosan ko‘ndalang, bo‘ylama (radial-diametri yoki radiusi bo‘yicha) va tangental yo‘nalishda o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |