E qosimov, M. Akbarov


Yettinchi «mo‘jiza» Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə18/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   156
Yettinchi «mo‘jiza» Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida Zaros orolida bo‘lgan. Uni Iskandariya mayog‘i deb atashgan. Iskandar Zulqarnayn Misrni zabt etgandan keyin o‘ziga yangi poytaxt — Iskandariya shahrini quradi. Shaharga kemalar qatnovini yaxshilash uchun miloddan avvalgi 280-yilda Faros orolining sharq tomonida — Iskandariya shahri yonida mayoq qurishga qaror qiladi. Uning loyihasini o‘z zamonasining mashhur arxitektori Knidli Sostrat yaratgan. Mayoq minora shaklida qurilgan. U uch qavatli bo‘lib, balandligi 120 metr edi. Mayoq poydevori to‘rtburchak shaklida, har bir tomoni 30,5 metrga teng edi. Uni dastlab xarsang plitalar bilan ishlab, ikkinchi qavatini sakkiz qirrali toshlardan qurishgan va ajoyib marmar plitalar bilan pardoz berishgan. Minoraning qirralari sakkiz tomondan esadigan asosiy shamol yo‘nalishlariga mo‘ljallab qurilgan. Uchinchi qavati esa yumaloq qubbali minora shaklida bo‘lib, uning ustiga dengiz xudosi — Poseydonning bronzadan ishlangan ulkan haykali o‘rnatilgan. Uchinchi qavatning qubbalarini granit ustunlar tutib turar edi. Xuddi mana shu yerda gulxan yoqilardi. Gulxan alangasi uzoq masofadan ko‘rinib turishligi uchun maxsus ko‘zgular o‘rnatilgan. Mayoqdagi xonalarda butun boshli bir garnizon askarni joylashtirsa bo‘lardi. Mayoq faqat kemalarga yo‘l ko‘rsatibgina qolmay, o‘ziga xos kuzatuv punkti ham bo‘lgan. Arab tarixchilarining yozishiga qaraganda, mayoqning ikkinchi qavatini, ya’ni sakkiz qirrali minorani juda ko‘p bronza haykalchalar bezab turgan. Haykalchalardan biri Quyosh qaysi tomonga o‘tsa, o‘sha tomonga qarab aylanar ekan, kechasi-yu kunduzi har soatda bir marta bong urgan. Yana bir haykalcha dushman kemasi yaqinlashayotganda harakatga kelib, dengizga ishora qilgan va ovoz chiqarib xabar bergan. Albatta, bu hikoyalar mubolag‘adan xoli emas, lekin shu narsa aniqki, Farosdagi mayoq dunyoda tengi yo‘q yagona inshoot bo‘lgan. Zamonlar o‘tishi bilan nam havo va to‘xtovsiz shamollar mayoqqa o‘z ta’sirini o‘tkazdi. XIV asrdagi zilzila natijasida mayoq batamom vayron bo‘ldi. Bizgacha mayoqning poydevorigina yetib kelgan, xolos.
Dunyoning yetti «mu’jiza»si taqdiri ana shunday bo‘lgan: Misr ehromlaridan boshqa hamma haykal va inshootlar yo‘qolib ketdi. Lekin ular haqidagi xotira asrlar osha tarixiy manbalarda yashab kelmoqda. Ulardan keyin — eng qadimgi davrdan boshlab hozirga qadar inson qo‘li bilan yaratilgan, go‘zalligi bilan hammani
hayratga soluvchi har qanday ajoyib san’at durdonasini dunyoning sakkizinchi «mo‘jiza»si deb atash qadimdan qolgan.


Sinov savollari

  1. Qurilish ashyolarining ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasnifi.

  2. Qurilish ashyolari fani va uning nazariy asoslari.

  3. Standartlash tizimi va me’yoriy hujjatlar.

  4. Qurilish ashyolarining zichligiga, g‘ovakligiga ko‘ra xossalarini izohlang.

  5. Qurilish ashyolarining xossalari, sifati va umumiylik haqida tushuncha.

  6. Qurilish ashyolarining suv shimuvchanligi, zararli muhit va muzlashga chidamliligini izohlang.

  7. Qurilish ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bilan zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlik.

  8. Mexanik xossalarning qanday turlarini bilasiz.

  9. Mo‘rtlik va mustahkamlik nima?

  10. Mustahkamlik ko‘rsatkichlarini aniqlash formulalarini yozing.

  11. Qurilish ashyolarining zarbga va ishqalanishga bo‘lgan qarshiliklarini misollar bilan tushuntirib bering.

  12. Qurilish ashyolarining estetik xossalariga misollar keltiring.

  13. Rangning to‘yinganligi nima, xromatik va axromatik ranglarga tushuncha bering.

  14. Qurilish ashyolarining tasviri va teksturasini misollar bilan tushuntirib bering.





  1. Yüklə 300,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin