Qurilish ashyolarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 dan 1000 mPa gacha bo‘lishi mumkin (1.6-jadval).
1.6-jadval Ba’zi ashyolarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi Egilishdagi mustahkamlik chegarasi. Qurilish ashyolarining mustahkamligini aniqlashda ular egilishga ham sinaladi. Buning uchun sinalayotgan ashyodan ko‘ndalang kesimi kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli qilib namunalar tayyorlanadi.
Ayrim ashyolar tayyor buyum holatida (g‘isht, cherepitsa, tombop shifer va h.k.) sinaladi. Ashyolarni egilishga sinaganda namuna ikki tayanchga qo‘yiladi va uning o‘rtasiga kuch ta’sir ettiriladi.
Odatda, qurilish ashyolaridagi buzilish alomatlari (darz, yoriq va h.k.), ularning cho‘zilish bo‘lagidan boshlanadi. Ba’zi qurilish ashyolarining cho‘zilishdagi va egilishdagi mustahkamligi 1.7-jadvalda keltirilgan.
1.7-jadval Ba’zi qurilish ashyolarining cho‘zilishdagi va egilishdagi mustahkamligi Zarbga qarshilik. Tabiiy va sun’iy tosh ashyolar avtomobil yo‘llari, yo‘lkalar, pol va poydevorlarga ishlatilganda, ular zarb kuchi ta’siriga sinab ko‘riladi.
Tosh ashyolarni zarbga sinash uchun namuna diametri va balandligi 25 mm bo‘lgan silindr to‘qmoq tagiga o‘rnatiladi.
Ashyoning zarbga qarshilik ko‘rsatuvchanligi, standart namunani buzish uchun sarf etilgan ish miqdori yoki hajm birligiga (kg/sm3) sarflangan solishtirma ish bilan ifodalanadi.
Qattiqlik.Ashyolarga o‘zidan qattiq jism botirilgandagi qarshilik ko‘rsatuvchanlik xususiyati uning
qattiqligi deb ataladi.
Ashyolarning qattiqlik darajasi bir necha usullar bilan aniqlanadi. Uning o‘lcham birligi ham turlichadir. Shuning uchun qattiqlikni umumiy bir miqdor deb tushunmoq lozim. Bir jinsli tosh ashyolarning qattiqlik darajasi 1.8-jadvalda keltirilgan. Ashyolarning qattiqligi Moos shkalasi orqali aniqlanadi. Ashyoning qattiqligi uning tekis yuzini yuqorida keltirilgan minerallardan biri bilan tirnab aniqlanadi.
1.8-jadval