E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə11/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   156
Nurashga chidamlilik deb zararli muhit ta’sirida bo‘lgan qurilish ashyolarining kimyoviy birikishlari natijasida buzilishiga bo‘lgan qarshiligiga aytiladi. Korroziya so‘zi lotincha — «yemiraman» degani.
Qurilish ashyolarining muhim kimyoviy xossalaridan biri, mayda kukun zarrachalarini ashyolar yuzasiga yopishishini ifodalovchi adgezion mustahkamligidir. «Adgeziya» lotincha so‘z bo‘lib, yopishish degan ma’noni anglatadi. Atomlar o‘lchamidagi mayda zarrachalar o‘zaro bir-biriga tortish kuchi vositasida har xil tarkibdagi moddalar sirtiga yopishadi va moddani faollashtiradi. Agar loyqa suyuqlikdagi nodir zarrachalarni yig‘ish kerak bo‘lsa, unga maxsus adsorbentlar qo‘shiladi va ular kerakli zarralar sirtiga yopishib suyuqlik ostiga cho‘kadi, keyin quyqani qayta ishlab nodir zarrachalar ajratiladi. Adgeziya bilan ashyolarni o‘zaro mahkam yopishtirish yoki ikki tutash yuzalarni umuman yopishmaydigan qilish mumkin.
Adgeziyani topish uchun yopishtirilgan namunaning bir o‘lcham birlikdagi yuzasini ajratishga ketgan kuchni aniqlash kifoya. Ushbu ko‘rsatkich temirni payvandlashda, yopishtirishda, devor yuzasini bezash uchun ashyolar tanlashda (emal, lok-bo‘yoqlar va h.k.) katta ahamiyatga ega.


QURILISH ASHYOLARINING MEXANIK XOSSALARI
Ma’lumki, barcha qurilish ashyolari va konstruksiyalari tashqi tabiiy va sun’iy kuch ta’sirida bo‘ladi. Natijada, ashyo yoki buyum tanasida ezilish, bukilish, ishqalanish, egilish va siqilish kuchlanishlari hosil bo‘ladi.
Qurilish ashyolarining mexanik xossalari shartli ravishda deformativ va mustahkamlik xossalariga ajratiladi. Deformativ xossalarga — qayishqoqlik, plastiklik, nisbiy deformatsiya va h.k. kiradi. Mustahkamlik xossalariga ashyoning siqilishdagi, egilishdagi va cho‘zilishdagi mustahkamligi, zarbga va ishqalanishga qarshiligi kiradi.
Ashyoga ta’sir qilayotgan kuch olingandan keyin uni tezda o‘z shakliga qaytishi ashyoning elastikligi deyiladi. Elastiklik deformatsiyasi ta’sir qilayotgan kuchlar olingandan keyin yo‘qolgani uchun uni qaytuvchi deformatsiya deb ham aytiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin