E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə154/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Kuparosli shpakyovka alif «okosol», hayvonot yelimi, moy, xo‘jalik sovuni, mis yoki rux kuporosi va suvlardan iborat bo‘ladi. U yelimli yoki silikatli bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan yuzalarga mo‘yqalam yoki purkagich vositasida surtiladi.
Yelimli shpaklyovka hayvonot yelimining suvdagi 15% li eritmasi va 75% i bo‘rdan tashkil topgan. U quyuq bo‘tqasimon bo‘lib, buyum yoki pol yuzasini tekislashda maxsus tunuka kurakcha (shpatel) bilan surtiladi. Ko‘pincha, qurilish ishlarida bo‘yashga mo‘ljallangan yog‘och, beton, suvoq va temir buyumlarning yuzasini tekislashda ПХВ va polistirol emulsiyasidan tayyorlangan quyuq bo‘tqasimon shpaklyovkalar ishlatiladi. ПХВ shpaklyovka suv va nam ta’siriga chidamli bo‘ladi, tez (2 soat ichida) quriydi. Bunday shpaklyovkalarning ayrim markalarini 0°С dan past haroratda ham ishlatish mumkin. Polistirol shpaklyovkalarning chidamliligi ПХВ shpaklyovkalariga nisbatan bir oz past bo‘ladi. Qurilish sanoati uchun
MВШ (mebelbop), AШ-32, AШ-24, AШ-30 kabi markalardagi tez qotadigan nitrotselluloza, shuningdek, ЛШ-1 va ЛШ-2 markali lakli shpaklyovkalari ishlatishga tayyor holda ishlab chiqariladi.
Zamazka — oynali deraza romlarga surkaladigan hamda tomga yopiladigan tunuka choklaridagi, shuningdek, yog‘och buyumlaridagi nuqsonlarni berkitish uchun ishlatiladigan bo‘tqasimon quyuq tarkib. Deraza romlari uchun, ko‘pincha, alif bilan bo‘r, qo‘rg‘oshin belilasi yoki boshqa qo‘shimcha ashyolarni qorishtirib ishlangan zamazkalar ishlatiladi. Tomga yopiladigan tunuka choklaridagi nuqsonlar uchun maxsus tombop zamazkalar ishlatiladi. Bunday zamazkalar natural alif, bo‘r va temir surigi yoki kuzbass lakidan iborat tarkiblarda tayyorlanadi.
Bulardan tashqari, yelimlar va sintetik smolalardan ishlangan yelimlar asosida tayyorlanadigan zamazkalar ham qurilishda ko‘p ishlatilmoqda. Kukun to‘ldirgich sifatida ularga bo‘r, talk, pemza, tuyilgan qipiq, yog‘och uni qo‘shiladi.
Keyingi vaqtlarda a’lo sifatli selluloid va kazeindan qilingan quyuq bo‘tqasimon zamazkalar ko‘plab ishlatilmoqda. Bunday zamazkalar tarkibida og‘irligi hisobida 10 qism selluloid, 35 qism atseton eritmasi va 6 qism yog‘och uni yoki tuyilgan qipiq bo‘ladi.
Gruntlar — bo‘yoq tarkiblar guruhiga kiradigan, tarkibi pigment, kukun to‘ldirgich va organik bog‘lovchilardan tashkil topgan suyuqlik. Grunt buyumga pardoz berishdan oldin surtiladi, natijada yuza tekislanadi, bo‘yoq parda asosga puxta yopishadi. Gruntlash deganda buyum yuzasini bo‘yashdan oldin ishlov berishni tushunish kerak.
Hozir ikki turdagi grunt tarkibi ishlab chiqariladi: suvli va moyli. Suvli bo‘yoq tarkiblar bilan bo‘yaladigan yuzani gruntlash uchun kuporosli, sovun-yelimli va shunga o‘xshash tarkiblar ishlatiladi. Moyli yoki sintetik bo‘yoqlar bilan bo‘yaladigan yuzaga organik bog‘lovchi alif yoki eritmalar asosida tayyorlangan grunt tarkiblar ishlatiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin