Sir hosil qiluvchi emal — ma’dan yoki organik pigmentlarga sintetik yoki moyli laklar aralashtirib olinadigan suyuqlikdir. Qurilishda eng ko‘p ishlatiladigani alkidli, epoksidli va mochevinoformaldegid bo‘yoqlaridir. Emalli bo‘yoqlar ob-havo o‘zgarishlariga va zanglashga juda chidamliligi, shuningdek, tez quruvchanligi bilan boshqa bo‘yoqlardan farq qiladi.
Alkid bo‘yoqlarobdan tuyilgan kukun pigmentni gliftal, pentaftol va boshqa alkid laklar bilan qorishtirib olinadi. Unga biroz eritma va sikkativ ham qo‘shiladi. Alkid bo‘yoqlarga ФO markali, suvga chidamsiz va ФСX markali suvga chidamli, ishqorga yuqori chidamli pentaftal emallarini kiritish mumkin. Kimyoviy jihatdan chidamliligi yuqori bo‘lgan, qattiq va yaltiroq sir hosil qiluvchi alkidstirol emallar ham alkid bo‘yoqlar guruhiga kiradi.
Epoksid bo‘yoqlariasosida tayyorlanadigan emal pigmentlarni epoksid smolalari eritmasida qorishtirib olinadi. Epoksid emallari kimyoviy elementlar ta’siriga juda chidamli. Shuning uchun u temir va yog‘och buyumlarni zanglashdan va chirishdan saqlash maqsadida ishlatiladi.
Emal bo‘yoqlar tashqi va ichki bo‘yoq ishlarida temir yog‘och-taxta va suvoq yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi. Bo‘yash uchun tayyor qilib chiqariladi.
Barcha ichki bo‘yoq ishlari uchun ishlatiladigan emallar moyli lok yoki gliftal lakda yaxshi ezilgan pigmentlar suspenziyasidan iborat. Emallar ichki pardoz ishlari, ya’ni suvoq linkurst va yog‘och-taxta yuzalarini bo‘yash uchun chiqariladi.
Emalning silliqlanishi, ya’ni yuzada bir tekis parda hosil bo‘lishi uchun ketadigan vaqt 10 daqiqadan ortiq bo‘lmasligi kerak. Emal 18-22°С haroratda qotishi uchun ketadigan vaqt 72 soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Perxlorvinil emallarhar xil yog‘och-taxta yoki muhit ta’siridagi temir yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi. Emallar yuzaga bo‘yoq purkagich yordamida surtiladi.
Perxlorvinil emallar erituvchi, ya’ni tarkibida 26% atseton, 62% toluol va 12% butilatsetat bo‘lgan aralashma erituvchi yordamida suyultiriladi.
Emallar qotganda kislotalar, moylar, suv va muhit ta’siriga bardosh bera oladigan bo‘yoq pardalar hosil qiladi.
Emal 18—22°C haroratda va nisbiy namligi ko‘pi bilan 70% keladigan havoda to‘la qotishi uchun ko‘pi bilan 1 soat vaqt kerak. Bo‘yoq pardaning elastiklik shkalasida bukilgandagi pishiqligi 1 mm dan oshmasligi kerak.
Yuza to‘la berkilishi uchun perxlorvinil emallar unga ikki marta surtiladi. Emulsiyali emallar gliftal lok, suv hamda emulgatordan iborat bo‘lgan pigmentlar va sikkativ va erituvchi qo‘shilgan suspenziyadir. Emulsiyali emallar xonalarning ichini pardoz qilishda suvoq va yog‘och-taxta yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi.
Emalni faqat ishlatish oldidan suyultirish kerak, aks holda, emulsiya qatlamlanib qoladi. Emalni suyultirish uchun uning og‘irligiga nisbatan 15% suyultiruvchi qo‘shish kerak.
Emalning 18—23°C haroratda changdan qotishi uchun ketadigan vaqt 2 soatdan oshiq bo‘lmasligi, to‘la qotishi uchun ketadigan vaqt 24 soatdan oshiq bo‘lmasligi kerak. Elastiklik shkalasida tekshirib ko‘rilganda bo‘yoq pardaning elastikligi 5 mm dan oshmasligi kerak.
Fasadlar bo‘yaladigan perxlorvinil bo‘yoqlar pigmentlarning perxlorvinil lakda yaxshilab ezilgan aralashmasidan iborat. Bu bo‘yoqlar tayyor holda chiqariladi. Bu xil bo‘yoqlar g‘isht, beton va suvalgan binolar fasadlarini (bo‘yaladigan yuza puxta bo‘lganda) bo‘yash uchun ishlatiladi. Bino ichini perxlorvinil bo‘yoqlar bilan bo‘yashga ruxsat etilmaydi.
So‘nggi vaqtlarda tashqi muhitda va xonalar ichida foydalaniladigan juda xilma-xil yuzalarni bo‘yash uchun turli sintetik smolalar asosida tayyorlangan laklar va bo‘yoqlar, shuningdek emulsiyali bo‘yoq aralashmalari ishlab chiqarilmoqda. Muhit ta’siriga, yorug‘likka, namlikka bardosh bera oladigan, kimyoviy jihatdan turg‘un, issiqqa chidamli, pishiq va boshqa talablarga javob bera oladigan maxsus lak-bo‘yoq ashyolar ishlab chiqarilmoqda.
Lak-bo‘yoq ashyolar tayyorlash uchun perxlorvinil smolalardan tashqari ПВA va ПВX smolalari ham keng ishlatilmoqda.