E qosimov, M. Akbarov


RESPUBLIKADAGI PARDOZBOP TABIIY TOSHNI QAYTA ISHLASH



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə46/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   156
RESPUBLIKADAGI PARDOZBOP TABIIY TOSHNI QAYTA ISHLASH

Toshlarni qayta ishlash O‘zbekiston uchun o‘ziga xos ko‘p yillarga teng tarixga ega. Mamlakatimizda ixtisoslashgan maxsus yirik korxonalarda toshlarni qazib olish va qayta ishlash o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlandi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, aniqrog‘i 1995—1996-yillarda, ko‘pgina muassasa va shaxsiy firmalar Italiyaning zamonaviy texnologiyalarini olib keldilar. Natijada, tabiiy toshlarni qazib olish va ularni qayta ishlash sanoati yuksala boshladi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi maxsus qaroriga ko‘ra tosh qazib oluvchi va ularni qayta ishlovchi barcha korxonalar eskirib qolgan texnik bazasini yangi mashina va asbob-uskunlar bilan almashtirish vazifasi qo‘yildi. Natijada, 1998-yildan boshlab «O‘zqurilishashyo» OAU ga qarashli korxonalar, Navoiy Tog‘-metallurgiya kombinati, «O‘zavtoyo‘l» konserni, O‘zbekistonning Amerika, Avstriya, Angliya va Gretsiya davlatlari bilan tuzilgan qo‘shma korxonalar, Toshkent shahar hokimiyati hamda xususiy korxonalar o‘zlarining moddiy bazasini chet el uskunalari bilan jihozlash ishlarini boshlab yubordilar.
Hozir faoliyat ko‘rsatayotgan barcha korxonalarni yirik, o‘rta va kichik guruhlarga bo‘lsak 16 ta yirik korxonada 2000-yilning boshlarida tabiiy toshdan ishlangan pardozbop toshtaxta miqdori 855 ming m2 ni tashkil etdi. Respublikamizdagi o‘rta quvvatga ega bo‘lgan 9 ta korxonada 180 ming m2 marmar toshlari va 70 mingdan ko‘p mayda korxona va sexlarda 100 ming m2 pardozbop marmarlar ishlandi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 2000-yilning boshlariga kelib 1 mln. 125 ming m2 qoplama tabiiy tosh ashyolari ishlab chiqarildi. Respublikamizdagi korxonalarning ish unumini 2 marta oshirish imkoniyati yaratildi.
Respublikamizdagi barcha korxonalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqdalar: tabiiy tosh qoplama buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar; marmar granit va travertin bloklari; shag‘al, qum, chaqiq tosh, xarsangtoshlar; shisha, sopol, fosfor, chinni buyumlari sanoati uchun xomashyo — dala shpati va dolomit toshlari; omixta em uchun oziqa uni; pardozbop mayda toshlar va marmar xarsanglari; tabiiy tosh, naqshbop (mozaika), polbop va xalq iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi korxonalardir.
Xorijiy davlat texnologiyalari bilan jihozlangan Qashqadaryo va Samarqand marmar AU lari tog‘ jinslarini olmos — arqon arrasi yoki suvning yuqori bosimida kesuvchi mashinalardan foydalanmoqdalar. Ularning imkoniyati 15 ming kub metrgacha marmar xarsanglarini arralab bloklar tayyorlash. Lekin respublikamizning bunday bloklarga bo‘lgan ehtiyoji faqatgina 78 ming m3 ni tashkil etadi.
G‘ozg‘on marmari butun dunyo bo‘yicha ko‘pgina davlatlarga tanish. Lekin o‘zining to‘la quvvatga ega bo‘lgan imkoniyatidan foydalanmayapti. Marmar zaxiralarini o‘rganish, borlaridan to‘liq foydalanish uchun tog‘ konlaribop mashina va uskunalarni xorijdan (tendr asosida) sotib olish yo‘li bilan, tog‘ jinslarini qayta ishlash va samarali ashyolar ishlab chiqarishni 3,5-4 barobar oshirish mumkin.
Xalq xo‘jaligi uchun eng qimmatli kvars, dala shpati konsentrati, ozuqa uni kabi xomashyolar, shuningdek, shisha, chinni, sopol va chorva ozuqalari ishlab chiqaruvchi korxonalar Markaziy Osiyoda yagona — bizning Respublikamizda mavjud.
Boltiqbo‘yi, Belarussiya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston kabi davlatlarga bizning respublikamizdan juda ko‘p miqdorda pardozbop yirik marmar qumi (mramornaya kroshka), ozuqa uni yuborilar edi. Umuman, respublikada tabiiy tosh ashyolarini ishlab chiqarish 1990-yilga nisbatan ancha kamaydi. Bunga sabab: korxonalardagi mashina, asbob va uskunalar moddiy va ma’naviy tomondan eskirdi; ozuqa uni, dolomit toshi, maydalangan marmar, kvars, dala shpatiga bo‘lgan talab tubdan kamaydi; ayrim tabiiy tosh ashyolarining sifati Yevropa standartlari talabini qondirmayapti.
Respublikada oynabop shishalar, shisha idishlar, avtomobil shishalari uchun asosiy xomashyo — kvars, dala shpati konsentratini ixtisoslashgan «Langar» AU ishlab chiqaradi. Uyushmaning ish unumi yiliga 50 ming tonnani tashkil etadi. O‘zbekiston respublikasi har xil rangli tabiiy tosh ashyolarini chiqarish uchun yetarli zaxiralarga ega. Hozirgi kunga kelib har xil muassislar yordamida respublikada 33 ta marmar konlari, 18 ta granit va gabbro, 1 ta travertin va ohaktoshlar, 2 ta tuf va pardozbop qumtosh konlari topilgan, ularning xossalari har tomonlama o‘rganilgan. Respublikamiz konlarida 80 mln metr kubdan ziyod qoplamabop tabiiy tosh zaxiralari bor. Ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan tabiiy tosh ashyolari jami 44,7 mln m3 ga teng, shulardan 25,2 mln m3 ni marmar, 17,3 mln m3 ni granit va gabbro, 2,2 mln m3 ni qumtosh zaxiralari tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston shaharlarida sanoat va uy-joy binolari qurish va ularga pardozbop qoplama ashyolarni ko‘plab ishlatish, shuningdek, xalqaro talablarni qondiruvchi ko‘prik, avtoyo‘l va temiryo‘llar qurilishi jadal sur’atlarda rivojlanib Respublikamiz kapital qurilishlarida ajoyib ashyo — tabiiy toshlar ko‘plab qo‘llanila boshlandi. Qurilish uchun zarur bo‘lgan tabiiy tosh ashyolarini qidiruv ishlari O‘zbekistonda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgacha topilgan qazilma boyliklar zaxiralari qurilish talablarini bir necha o‘n yillargacha qondiradi.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin