E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə47/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   156

Sinov savollari


  1. Tog‘ jinslarining takribiy qismi, pardozbop xillarini bayon qilib bering.

  2. Chuqurdagi yaxlit cho‘kindi va metamorf tog‘ jinslari, xossalari va ishlatilishi haqida gapirib bering.

  3. Pardozbop tog‘ jinslarining me’morchilikdagi o‘rni.

  4. Inshootlarning ichki va tashqi qismini pardozlashda qanday jinslar ishlatiladi?

  5. Shahar xiyobonlarini pardozlashda qanday tabiiy toshlar ishlatiladi?

  6. Tog‘ jinslarining asosiy xossalari haqida gapirib bering.

  7. Pardozbop tog‘ jinslariga qanday ishlov beriladi?

  8. O‘zbekistondagi asosiy pardozbop tog‘ jinslari nimalar?


  1. bob

PARDOZBOP SOPOL QURILISH ASHYOLARI
Qadimgi o‘zbek kulolchilik sanoatiga asoslangan sopol qurilish ashyolari va buyumlari deganda yarim kristall ashyoni tushunmoq lozim. Buning uchun tarkibida oson eruvchan temir oksidlari va qiyin eruvchan moddalar bo‘lgan tabiiy tuproqni mineral qo‘shilmalar bilan qorishtirib tayyorlangan buyumni yuqori haroratda kuydirganda oson eruvchan moddalar erib qolganlarini o‘zaro bog‘laydi va natijada sopol hosil bo‘ladi. Sopol buyumning erigan qismi (ichki tuzilishidagi) sopol cherepogi deyiladi.
Tabiatda juda ko‘p tarqalgan sog‘ tuproq sopol buyumlar ishlab chiqarishda birdan-bir xomashyo hisoblanadi. Tuproq suv bilan aralashtirilganda u oson qoliplanuvchan plastik loyga aylanadi. Keyin uni qoliplab yuqori haroratda kuydiriladi va turli qurilish buyumlari, ro‘zg‘or anjomlari hamda me’morchilik qismlari ishlanadi.
Sopol ashyolarni ishlab chiqarish o‘ziga xos qadimiy tarixga ega. Insoniyat tarixida loy birdan-bir qurilish ashyosi sifatida ishlatilgan. Loyni somon bilan qorishtirib, xom g‘isht sifatida eramizdan avval 8000 yil oldin turarjoylar qurilgani ma’lum. Xom g‘ishtni kuydirib uylar qurish eramizdan avval 3500 yil oldin g‘isht va cherepitsa yuzasini sirlab pishirish usuli ishlab chiqilgan.
Birinchi ming yillikning o‘rtalarida Xitoyda chinni — forfor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Eramizdan 2-
3 ming yil avval O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududida sopol buyumlari uy-ro‘zg‘or asboblari, me’morchilik, pardozbop buyum va qismlar sifatida ishlatilganligi ma’lum. Asrlar davomida sopol buyumlar asosiy qurilish ashyosi bo‘lishi bilan birga, uning sifati va shakli, ishlab chiqarish texnologiyasi yildan-yilga mukammallashib borgan. Qadimgi o‘zbek kulolchilik sanoatining qay daraja rivojlanganligiga Samarqand, Buxoro, Xiva yodgorliklarini qurishda ishlatilgan me’morchilik, dekorativ va pardozbop qoplama, sopol buyumlar misol bo‘la oladi.
Sopol buyumlar sirtini oq, ko‘k va boshqa ranglarda sirlash texnologiyasi va ularning tarkibi O‘rta Osiyoda
Yevropa davlatlaridan oldin ishlab chiqilganligini tarix tasdiqlaydi.
1855-yil Germaniyada ixtiro etilgan tasmasimon g‘isht qoliplovchi zichlagich va 1858-yilda doira shaklidagi g‘isht pishiruvchi xumdonlar dunyoda sopol buyumlarni ishlab chiqarish sanoatining o‘sishida katta ahamiyat kasb etdi.
Ilmiy izlanishlar natijasida yadro energetikasi, mashinasozlik, elektron va raketa texnologiyalariga mos xossalarga ega bo‘lgan maxsus sopol buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Sopol oksidi aralashmasidan ishlangan o‘ta mustahkam, chidamli mashina motori va ehtiyot qismlar amaliyotda qo‘llanildi va bu ixtiro sanoat xodimlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda (4.1-rasm).
Sopol ishlab chiqarish sanoati, ayniqsa urushdan keyingi yillarda juda rivoj topdi. Juda ko‘p ilmiy va amaliy muammolarni hal etishda respublika olimlari va mutaxassislari P.A. Zemyatchenskiy, D.I. Vinogradov,
F.X. Tojiyev, A. Ismatov va boshqalar katta xizmat qildilar.
Qurilishda ishlatiladigan sopol ashyolar zichligiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: g‘ovak va zich. G‘ovak sopol ashyolarga suv shimuvchanligi 5% dan ko‘p bo‘lgan buyumlar kiradi. Masalan, turli g‘ishtlar, pardozbop sirlanmagan qoplama sopol plitkalar, oqova suv drenaj quvurlari, cherepitsa, keramzit, g‘ovakli sopol bu- yumlar va h.k.
Zich sopol ashyolarga suv shimuvchanligi 5% dan kam bo‘lgan buyumlar kiradi. Bunday buyumlarga sirlanmagan, ammo eritib qoliplangan (yo‘l qurilishida va pardozbop qoplama taxtachalar sifatida ishlatiladigan klinker, pol va pardozbop qoplama sopol taxtachalar), sirlangan (binoning old qismini qoplashda ishlatiladigan pardozbop g‘isht, pardozbop qoplama sopol taxtachalar, oqova suv quvurlari) sopol buyumlar kiradi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin