E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə55/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   156
Ko‘p teshikli g‘isht. Bunday g‘ishtlar uchun xomashyo sifatida tuproq yoki trepel tog‘ jinsli tuproq ishlatiladi. Ko‘p teshikli g‘ishtlar har xil shaklda chiqariladi. Ko‘pincha to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi, qalinligi bo‘ylab ko‘p teshikli (31 tadan 105 tagacha) devorbop g‘ishtlar chiqariladi. Ishlab chiqa- rishda ko‘p teshikli g‘ishtlar nam va nim quruq usulda qoliplanadi. Tomonlarining o‘lchami oddiy g‘ishtga nisbatan katta bo‘ladi. 4.5-rasmda tomonlarining o‘lchami 25012065, 25012088 va 250120103 mm ga teng bo‘lgan nam usulda qoliplangan ko‘p teshikli g‘ishtlar ko‘rsatilgan.
Ko‘p teshikli g‘ishtlarning zichligi 1200—1300 kg/m3, suv shimuvchanligi esa massa bo‘yicha 18% dan oshmaydi.
Nam usulda qoliplangan ko‘p teshikli g‘ishtlar siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha 4 ta markaga bo‘linadi: 75, 100, 125 va 150.
G‘isht yuzasidagi chuqurcha tomonlari besh burchak qilib ishlangan g‘ishtlar odatda nim quruq usulda
qoliplanadi. Besh tomonli chuqurchalardan iborat bo‘lgan g‘ishtdan terilgan devorda vertikal uzun teshiklar bo‘lmaydi. Ko‘p teshikli g‘ishtlarni 15°C da 15 marta muzlatib eritilganda buzilmasligi kerak.
Yengil vaznli qurilish g‘ishti. Bunday g‘ishtlar yonuvchan qo‘shilmalar aralashtirib qoliplanadi. Yonuvchan qo‘shilmalar sifatida yog‘och qirindisi tuyilgan toshko‘mir maydasi va tuyilgan torf ishlatiladi. Yuqori haroratda loydagi yonuvchan qo‘shilmalar (maydalangan g‘o‘zapoya) yonib, o‘rnida g‘ovaklar hosil bo‘ladi va g‘isht vazni yengillashadi. Hajmiy massasi bo‘yicha yengil vaznli g‘isht A, B va V kabi uch sinfga bo‘linadi, ya’ni sinf A-700 dan 1000 kg/m3 gacha , B-1000 dan 1300 kg/m3 gacha, V-1300 dan 1450 kg/m3 gacha. Siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha A sinfi — 75, 50, 35, B sinfi — 75, 50 va V sinfdagi g‘ishtlar esa 100, 75, 50 markalarga bo‘linadi.
Qurilishlarda ko‘p teshikli yoki yengil vaznli g‘ishtlarni ishlatish natijasida ishlab chiqarish va g‘ishtni tashishga sarflanadigan xarajatlar kamayadi. Shu bilan birga bunday g‘ishtlardan terilgan devor yengil bo‘ladi va o‘zidan issiqlik kam o‘tkazadi, hamda zilzila xududlari uchun maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin