E qosimov, M. Akbarov


Pardozlashda ishlatiladigan fasadbop qoplama sopol ashyolar



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə57/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156
Pardozlashda ishlatiladigan fasadbop qoplama sopol ashyolar. Binoning fasad qismini qurishda sifatli, to‘g‘ri shaklli, bir tekis rangdagi g‘isht va sopol toshlar ko‘p ishlatiladi. Fasadbop qoplama g‘isht va toshlar shakliga va ishlatilishiga ko‘ra bir qatorga va burchaklarga teriladigan xillarga ajratiladi. Bunday g‘ishtlar 150, 100, 75 markalarda chiqariladi. Ularning suv shimuvchanligi 8—14%, sovuqqa chidamliligi 25 sikldan kam bo‘lmasligi kerak.
Fasadbop qoplama g‘isht va toshlar zinapoya devorlarini, sexning ichki qismini, oshxona devorlarini qoplashda ham ishlatiladi. Faqat yon tomoni sirlangan g‘isht suv va nam ta’sirida bo‘ladigan sanuzel devorlarni qoplashda ko‘p ishlatiladi. Shuningdek, fasadbop ashyolar, deraza taxtasi sifatida ham ishlatiladi.
Qoplama sopol plitkalar. Nodir binolar fasadini pardozlashda juda ko‘p sopol qoplama ashyolar ishlatiladi. Masalan, qoplama plitkalar, toshlar, terrakot va boshqa sirlangan buyumlar.
Qoplama sopol buyumlar, asosan nam usul bilan tayyorlanadi va yuqori sifatli loy qorishmasi bo‘lgan taqdirda esa nim quruq usul ham ishlatiladi. Fasadbop qoplama sopol plitalar (4.7-rasm) yuqori sifatli loyni obdan pishitib (zichlash usuli bilan) ishlanadi.
Bunday sopol plitkalar qalinligi 20—25 mm, yuzasi 250138 mm o‘lchamlarda qatorbop va burchakbop qilib chiqariladi. Plitkalarning suv shimuvchanligi 6—14%, muzlashga chidamliligi esa 25 sikldan kam bo‘lmaydi. Plitkalar tayyor devor yuzasiga sement qorishmasi bilan yopishtiriladi.
Terrak buyumlar (4.8-rasm) — sun’iy ravishda bezalgan va rang berilgandan so‘ng pishirilgan qoplamali sopol ashyo. Sirlanmagan terraktorlar haykaltaroshlikda, kichik arxitektura qismlari, devorbop ashyolar sifatida ishlatiladi.
Guldor-mayolik buyumlar — pishirish jarayonida tabiiy ravishda ranglanuvchi yoki rangli sir surtilgan qoplamali sopol ashyo. Bunday sopol plitkalar bilan qoplangan bino fasadi gilamsimon chiqadi. Toshkentda qurilgan 19 qavatli ma’muriy bino va Amir Temur nomidagi muzey kabi binolar bunga misol bo‘la oladi (4.9- rasm).

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin