E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə59/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156
Polbop plitkalar. Kukun bo‘lgunga qadar tuyilgan, qiyin eruvchan maxsus loy nam holatda yuqori bosimda zichlanadi va erigunga qadar kuydirilib, polbop plitkalar olinadi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha plitkalar bir qatlamli va ikki qatlamli, shuningdek, sirtiga rasmlar solingani ham bo‘ladi. Shakli kvadrat, to‘g‘ri burchakli, uch burchakli va olti tomonli bo‘ladi. Qalinligi 10—13 mm, tomonlarining o‘lchami 50 mm dan 150 mm gacha bo‘ladi. Bunday plitkalarning kamchiliklaridan biri uning issiqlik o‘tkazuvchanligi kattaligidir.
Glazur bilan qoplangan g‘ishtlar eramizdan 1000 yil oldin qadimgi Misr saroylarining pollarini qoplashda ishlatilgan.
Maxsus qiyin eruvchan tuproq kukun shakligacha maydalangandan keyin, nam holatda yuqori bosimda zichlanadi va pishiriladi. Tashqi ko‘rinishidan plitalar bir qatlamli va ikki qatlamli turlarga bo‘linadi.
Zamonaviy binolarni qurishda har xil sharoitlarda pishirilgan va turli ranglardagi mozayikali pollar ham ishlatiladi. Pishirilgan mozayika plitalardan mo‘ljallangan rasm va naqshlar terishda ularning choklari qorishmalar bilan to‘lg‘iziladi. Qoplamalar uchun ishlatiladigan sopol plitkalar zichligi katta, yonmaydigan, kam g‘ovakli atmosfera ta’siri va yedirilishga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday xususiyatlarga ega bo‘lgan plitkalar turarjoy, savdo, o‘quv, davolash va sanoat binolarining pollarini qoplashda ishlatiladi (4.11-rasm).
Hozirgi kunda qurilishda, asosan 5 xil turdagi: kvadrat (15015015, 10010011, 505011), to‘g‘ri to‘rtburchak (1507415, 1205911, 1004911), uchburchakli, oltiburchakli va sakkiz burchakli sopol plitkalar keng qo‘llanilmoqda.
Mozayika pollari uchun ishlatiladigan plitkalar kvadrat (4848, 2222 mm) va to‘g‘ri to‘rtburchak (4822 mm) shaklida bo‘ladi. Ularning qalinligi 4 va 6 mm bo‘lishi mumkin. Bunday plitkalar yedirilishga chidamli, qattiq va zarbga mustahkam bo‘lishi lozim. Ma’lumki, tabiiy toshlardan tayyorlangan plitkalar sopol plitkalarga nisbatan mo‘rt bo‘ladi.
Sopol plitkalar pol qurganda beton yoki sement qorishmalari bilan yotqiziladi. Plitkalar yotqizishda ishlatiladigan qorishma tarkibida sement va qum nisbati 1:3 bo‘ladi. Qorishma qalinligi 10—15 mm ni tashkil etadi. Yangi yotqizilgan (hali qorishmasi qotib ulgurmagan) plitkali pollar ustida yurish qat’iy man qilinadi.
Pollarning yedirilishga chidamliligini maxsus asboblar yordamida abraziv usulda aniqlanadi. Bunda o‘lchami 0,5—1 mm bo‘lgan qum zarrachalari ishlatiladi. Bu ko‘rsatkich sement qorishmasi uchun 4,80, sun’iy marmar plitkalari uchun 2,20, tabiiy marmar uchun 1,90, granit uchun 0,80, yedirilishga mustahkam sopol plitkalar uchun 0,50 mm ni tashkil etadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin