E qosimov, M. Akbarov


Pardozbop va kislota eritmalariga chidamli sopol plitkalar



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə58/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156
Pardozbop va kislota eritmalariga chidamli sopol plitkalar. Pardozbop plitkalar yuzasi sirlangan bo‘lib, asosan binoning ichki devori va pollarini qoplashda ishlatiladi.
Sirli qatlam — eriganda shishasimon holatga o‘tuvchi oson eriydigan loyning buyum yuzasiga surtib, keyin kuydirganda hosil bo‘lgan qatlamdir. Sirlangan plitka yuzasi juda tekis bo‘lganligi tufayli, unda suv yoki chang ushlanmaydi. Turli ranglar bilan qorishtirib surtilgan sirli plitkalar devor sirtini bezashda, me’- morchilikda va boshqa maqsadlarda ko‘plab ishlatiladi. Pardozbop plitkalar yuqori sifatli loy qorishmasidan nam yoki nim quruq usul bilan tayyorlanadi.

Ko‘pincha binolarning ichki devorlarini qoplashda mayolik va fayans sopol plitkalar ishlatiladi. Fayans uchun xomashyo sifatida kaolin, dala shpati va kvars qumi ishlatiladi. Mayolik plitkalar tabiiy kuygan tuproqdan olinadi va ularning yuzasi sirlanadi. Plitkalarni tasniflaganda quyidagi xillarga bo‘linadi: yuzasining shakliga ko‘ra buyurtma tasnifli va fakturali; yuzasidagi sirning xiliga ko‘ra — yaltiroq, qo‘ng‘ir va bir xil yoki ko‘p rangli xira tasvirli. Ichki devorlarini qoplashda qo‘llaniladigan plitkalarning xillari 4.10-rasmda ko‘rsatilgan.


Pishirish xumdonidan chiqqan sopol plitka sirti sirlanadi va u mustahkam yopishishi uchun qaytadan pishirish xumdoniga kiritiladi. Qurilishda qalinligi 8, 10 va 13 mm li, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi sopol plitkalar ko‘p ishlatiladi. Agar plitka fayans, sog‘-tuproq, kvars qumi va kaolin aralashmalaridan tayyorlansa, uning qalinligi 5-6 mm bo‘ladi.
Pardozbop plitkalarni qabul qilishda, asosan ular o‘lchamining aniqligiga, sirtining tekisligiga va rangining tiniqligiga e’tibor berish zarur. Rangning tiniq yoki bir xildaligini aniqlash uchun bir necha plitkani terib, ularda 8—10 m masofadan qaraladi. Agar ranglar har xil bo‘lsa yoki boshqa nuqsonlar topilsa plitkalar yaroqsiz deb topiladi.
Kislota va ishqor eritmalari ta’siriga chidamli sopol ashyolar kimyo zavodlaridagi asbob-uskunalarni muhofaza qilishda ko‘p ishlatiladi. Masalan, quvurlar, zararli suyuqliklar saqlaydigan idishlar, shamollatish asboblari shular jumlasidandir. Bunday buyumlar tarkibida zararli aralashmalar (gips, kolchedan va h.k.) bo‘lmasligi kerak. Kislotalarga chidamli sopol plitkalar «K» deb belgilanadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin