Tombop rangli sopol buyumlar. Tomlarni sopol buyumlar bilan yopish O‘zbekistonda ham rivojlangan edi. Xozir ba’zi Yevropa davlatlarida tomlar 100% sopol buyumlar bilan yopiladi.
Cherepitsa eng arzon, chidamli sopol tom ashyosidir. U nam usulda tayyorlangan loy qorishmasini puxta ishlab shtamplash yo‘li bilan maxsus cherepitsa zichlovchi mashinada tayyorlanadi. Rangli cherepitsa olish kerak bo‘lsa, loy qorishmasiga shisha sanoatida ishlatiladigan har xil sun’iy va tabiiy rang pigmentlar qo‘shiladi. Qurilishda ariqchali qilib shtamplangan, lentasimon, tekis yuzali lentasimon va konkisimon cherepitsalar ko‘p qo‘llanadi. Ammo, mo‘rtligi va juda qiya (30°C gacha) terilishi zarurligi, qo‘l mehnatining ko‘pligi ularni qurilishda ko‘plab ishlatishga imkon bermaydi. Cherepitsaning mustahkamligi 70 MPa dan, muzlashga chidamliligi esa 25 sikldan kam bo‘lmasligi kerak.
Cherepitsaning qalinligi aytarli katta bo‘lmaganligi sababli, xomashyo sifatida ishlatiladigan loy nihoyatda mayin va unda zararli aralashmalardan kalsiy tuzlari bo‘lmasligi kerak.
Yirik zavodlarda cherepitsa tasmali zichlagich mashinalarda shtamplanadi. Revolver zichlagich soatiga 600—700 dona ariqchali cherepitsa tayyorlaydi. Cherepitsa xonali yoki tonnelli xumdonlarda 36 soat da- vomida quritiladi va 40-45 soatda aylanma yoki tonnel xumdonlarda kuydiriladi. 1 m2 tom yuzasiga to‘liq yo- pilgan, suvga to‘yingan, shtamplangan cherepitsaning massasi 50 kg dan, tasmasimonniki 65 kg dan oshmasligi lozim.
Cherepitsa tomga terilganida ular biri ikkinchisining ustiga yotqiziladi. Shu sababli tasmasimon tekis cherepitsaning foydali yuzasi 55% dan oshmaydi. Tekis va shtamplangan ariqchasimon o‘yiqli cherepitsaning foydali yuzasi 75—85% ni tashkil etadi. Cherepitsa chidamliligi bo‘yicha boshqa tombop ashyolardan ustun- dir, uni 300 martagacha muzlatib va eritilganida ham buzilmaydi. Tomning 1 m2 yuzasini qoplash uchun tekis lentasimon cherepitsadan 40 dona, boshqa turlaridan 14—20 dona kerak bo‘ladi.