E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə66/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   156
Uch qatlamli taxta oyna. Singanda ham bo‘laklarga bo‘linmaydigan, tripleks deb ataluvchi uch qatlamli oyna ikkita yaltiroq taxta oynani o‘zaro organik yelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bunday oyna avtomashina va samolyot deraza ko‘zlariga solishda, yuqori bosimda ishlovchi asbob-uskunalar tayyorlashda keng ishlatiladi. Agar uch qatlamli oynaga zarb bilan urilsa, unda ko‘ndalang yoki tartibsiz darzlar hosil bo‘ladi, ammo ikki qatlam orasidagi yelim oyna siniqlarini ushlab, uni bo‘laklarga bo‘linib ketishdan saqlab qoladi.
Tripleks taxta oyna eni 125 dan 525 mm gacha; uzunligi 250 dan 1200 mm gacha o‘lchamda ishlab chiqariladi.
Oyna taxta orasida havo qatlami bo‘lgan paket oyna qurilishda ikki qavat deraza romlari o‘rnida ishlatiladi. Ikki taxta oyna orasidagi havo qatlami issiqlik o‘tkazuvchanlikni kamaytiradi (5.3-rasm).
Shisha buyumlarning mustahkamligini oshirish va singan taqdirda bo‘laklarga sachramasligini ta’minlash uchun po‘lat sim to‘r bilan armaturalanadi. Bu xil oyna yorug‘lik tushadigan fonarlar, oyna to‘siqlarga, sanoat binolari derazalari, zina katagi to‘siqlari va shu kabilarda foydalaniladi.
Shisha sanoatida shakli va o‘lchamlari jihatidan asbest-sement shiferlariga o‘xshash tombop to‘lqinsimon taxta oynalar ishlab chiqariladi. Uning armaturalangan xili yorug‘lik tushib turadigan yaltiroq sifatida tom yopishda ishlatiladi.
O‘ta mustahkam taxta oynaning egilishga mustahkamligi oddiy oynalarnikiga nisbatan 5—8 marta katta bo‘ladi. Qalinligi 5 mm dan katta bo‘lgan o‘ta mustahkam taxta oynaning zarbga qarshiligini sinash uchun uning sirtiga 1200 mm balandlikdan 800 g og‘irlikdagi po‘lat shar erkin holda tashlanadi. Bunda taxta oynada darz yoki sinish alomatlari bo‘lmasligi kerak. O‘ta mustahkam oyna yaxlit do‘kon eshiklarini ishlashda, zarbga duch kelishi mumkin bo‘lgan derazalarga solishda keng ishlatiladi.
Qurilishda bezakbop termolyuks — turli rangdagi (havorang, yashil, qizil, oltinrang va h.k.) ikkita taxta oynadan tashkil topgan paketlar ko‘plab ishlatilmoqda. Ular tovushni izolyatsiyalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Bezakbop oyna paketlarning qalinligi 5,5 mm bo‘lsa, ularning tovushni izolyatsiyalash xususiyati 35 dB gacha yetadi. Bunday xususiyatlar asosan ko‘cha yuzidagi derazalarda katta ahamiyatga ega, chunki ko‘chadagi shovqin kunduz kuni 100 dB, kechasi esa 50 dB gacha bo‘lishi mumkin. Bunday oyna taxtalardan tashkil topgan paketlarning asosiy xususiyatlari 5.1-jadvalda keltirilgan.
5.1-jadval

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin