E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə64/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   156

Sinov savollari


  1. Sopollar tarkibi va uning xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish.

  2. Sopolbop xomashyolar.

  3. Sopol ashyolarni ishlab chiqarish texnologiyalari.

  4. Sopol ashyolarning xillari. Qurilish g‘ishti.

  5. Samarali devorbop qoplama g‘ishtlar.

  6. Pardozbop qoplama sopol plitkalar.

  7. Pardozbop (fasad, pol, ichki devorlar kislotalar ta’siriga chidamli) sopol plitkalar.

  8. Sopol ashyolari ishlab chiqarishdagi ilmiy-texnika yangiliklari.

  9. Respublikamizdagi sopolbop xomashyo zaxiralari.

  10. O‘zbekiston devorbop sopol ashyolari va buyumlari.

  11. Respublikada pardozbop qoplama sopol plitkalar ishlab chiqarish.




  1. bob



YUQORI HARORATDA ERITIB OLINADIGAN PARDOZBOP ASHYOLAR


Shishaning qisqacha tarixi. Arxeologik izlanishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, shishadan olingan buyumlar birinchi navbatda insoniyat turmush tarzi farovonligi uchun ishlatilgan. Shishasimon idishlar qum va kul aralashmasini eritish bilan tayyorlangan.
Glazurni tayyorlash va qo‘llash eramizdan avval 4000-yilda Misr, Suriya mamlakatlarida bo‘lgan. Misr mutaxassislari toshlarni glazurlash san’atini yaxshi bilganlar. Glazurning yangi tarkibi va turlarini yaratish borasidagi izlanishlar natijasida shisha yaratilgan. Eramizdan avvalgi 2000-yilning boshlarida har xil rangdagi shishalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Eramizning I va II asrlarida oyna deraza romlariga joylashtirila boshlagan. Bunda shishalarning qalinligi 3-6 mm ni tashkil etgan. IV asrga kelib shisha buyumlarining sifati keskin yaxshilandi. Ko‘k, yashil va jigarrang turdagi oynalar ishlab chiqarila boshlandi. Bu vaqtlarda shisha qo‘lda tayyorlangan. Oyna shishasini olish tosh plitalarida amalga oshirilgan. Oyna taxtalari 1900-yilda siqilgan havo yordamida ishlab chiqarila boshlandi. Bunda oynalarning qalinligi 12 mm, eni 750 sm ni tashkil qilgan. XX asrning 2-yarmida oyna ishlab chiqarish ancha mexanizatsiyalashdi. Natijada, yupqa, yaltiroq pardali, qatlamli, yelimlangan, tovush o‘tkazmaydigan oyna taxtalari ishlab chiqarila boshlangan.
Tabiiy anorganik xomashyolar yoki sanoat toshqollari yuqori haroratda eritilib suyuq yoki quyuq bo‘tqasimon xolatda qoliplarga quyiladi va sovitgandan keyin shisha va tosh singari qattiq, yuqori mustahkam ashyoga aylanadi.
Qurilish ashyolari sanoatining rivojlanishi va takomillashishi zamonaviy me’morchilik bilan chambarchas bog‘liqdir. Me’morlar nazarida shisha kelajagi porloq qurilish ashyolaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz xalq xo‘jaligini rivojlantirishda kelajakda mustahkam, silliqlangan, pardozbop oyna taxtalari ishlab chiqarishni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Bino va inshootlarni loyihalashtirayotganda me’morchilik va qurilish ashyolariga alohida e’tibor berilmoqda. Agar 2000-yilda oyna taxtalar asosiy qurilish ashyolari hisoblangan bo‘lsa, hozirgi kunda ular bilan fasadni qoplashga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy uylar fasadining 90% i oyna taxtalar bilan qoplanmoqda. Bundan tashqari, qurilishda shisha buyumlarining maxsus yorug‘likdan ximoyalovchi, fotoxrom, tok o‘tkazadigan, havfsiz, mustahkam va h.k. turlari keng qo‘llanilmoqda.
Eritiladigan xomashyoning kelib chiqishi va tarkibidagi minerallarning xillariga ko‘ra shisha eritma (asosan, kvars qumi va boshqa cho‘kindi tog‘ jinslari); toshli (magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslari) va toshqolli eritma (sanoat toshqoli va ashyo xossalarini yaxshilaydigan qo‘shilmalar) guruhlariga bo‘linadi.
Respublikamizda mineral eritmalar asosida olinadigan qurilish ashyolarini ishlab chiqarish uchun zaruriy tog‘ jinslari, sanoat chiqindi zaxiralari juda ko‘p. Tabiiy mineral zaxiralar — kvars qumi, ohaktosh, dolomit,

toshko‘mir, bazalt, diobaz singari xomashyolardan yetarli darajada o‘ta mustahkam chidamli har xil qurilish ashyolari olish mumkin.
Shisha — amorf, ya’ni bir jinsli modda. Uning siqilish yoki egilishidagi mustahkamligi strukturasiga bog‘liq emas. Shuning uchun, va umuman, bir jinsli bo‘lganligi sababli shishaning mustahkamligi hamma yerda bir xil bo‘ladi.
Shisha hamma vaqt ham bir xil kimyoviy tarkibga ega emas. U shartli ravishda quyidagi oksidlardan tashkil topgan (og‘irligiga ko‘ra, %): SiO2 — 64...73.4; Na2O3 — 10...15,5; K2O — 0...0,4; SO3 — 0...0,5; V2O3 — 0...0,5.
Xomashyoning erish jarayonida uning tarkibidagi har bir oksidning o‘ziga xos ta’siri bor. Masalan, natriy oksidi va bo‘r oksidi erish jarayonini tezlashtiradi, erish haroratini pasaytiradi, ammo shishaning kimyoviy chidamliligini kamaytiradi. Kaliy oksidi shishaning yaltiroqligini oshiradi va nurni ko‘p o‘tkazadigan, kalsiy oksidi esa kimyoviy chidamliligini oshiradi. Aluminiy oksidi shishaning mustahkamligini, yuqori haroratga va kimyoviy chidamliligini oshiradi. Optik yoki xrustal shisha olishda shishadan o‘tayotgan nurning sinish burchagini oshirish maqsadida uning tarkibiga qalay qo‘shiladi. Shisha ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolar asosiy va qo‘shimcha xillarga bo‘linadi.
Asosiy mineral xomashyolardan tashkil topgan shisha tarkibida kvars qumi, soda, dolomit, ohaktosh, potash, natriy sulfat mavjud. Bularga qisman, sanoat mahsulotlari ham kiradi. Zamonaviy texnologiyalarga ko‘ra, bir ozgina domna toshqoli, tarkibida kvars bo‘lgan ashyolar, kalsiy tetraborat, shisha siniqlari va hokazolar ham asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi.
Shishaning qo‘ng‘ir yoki xira bo‘lishi uchun asosiy xomashyoga — plavik shpat, kriolit, ikkilamchi superfosfatlar qo‘shiladi. Rangli shishalarni olishda ko‘k rang beruvchi xrom, havorang kobalt, binafsha rang marganes, jigarrang temir oksidi va h.k. ishlatiladi.
Qurilish shishasini ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida tarkibida temir oksidlari kam bo‘lgan kvars qumi, soda yoki natriy sulfat, potash, ohaktosh yoki bo‘r ishlatiladi. Eritish oldidan xomashyoga 15—20% shisha kukuni qo‘shiladi.
Shisha buyumlar tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagicha: xomashyoni maydalab eritishga tayyorlash, shisha bo‘tqasini maxsus qozonlarda 1500°C gacha eritish va nihoyat, qoliplash.
Asosiy va qo‘shimcha xomashyolar aralashmasidan tayyorlangan tarkib 1100—1150°C gacha qizdirilganda, avvalo qattiq xolatdagi silikatlar hosil bo‘ladi, keyin ular eriydi.
Haroratning ko‘tarilishi bilan undagi qiyin eruvchi SiO2 va Al2O3 moddalari erib, quyuq shisha bo‘tqasi xolatiga o‘tadi. Bo‘tqa tarkibi bir xil bo‘lmagan xolatda havo pufakchalari bilan to‘yingan bo‘ladi.
Shisha bo‘tqasining tiniq bo‘lishi va uni bir jinsli (gomogenlash) xolatga keltirish maqsadida harorat 1600°C gacha ko‘tariladi. Shisha bo‘tqasi bir oz suyuqlashadi, undagi havo pufakchalari chiqib, bir jinsli tiniq xolatga o‘tadi va toblanadi. Toblangan shisha bo‘tqasini qoliplash uchun shisha eritmasi uzluksiz so‘rish uskunasidan o‘tkaziladi yoki prokatka qilinadi va sekin-asta sovitiladi. Keyin ma’lum o‘lchamda kesilib, sirti silliqlanadi va pardoz beriladi.
Qurilish maqsadlari uchun ishlab chiqariladigan shisha buyumning xiliga va xomashyoning tarkibiga qarab maxsus shisha erituvchi xumdonlarda 1500°C gacha haroratda ishlab olinadi.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin