E qosimov, M. Akbarov


Oyna taxtalardan tashkil topgan paketlarning asosiy xususiyatlari



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə67/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   156
Oyna taxtalardan tashkil topgan paketlarning asosiy xususiyatlari
Ko‘pik-shisha. Ko‘pik-shisha yengil va serg‘ovakdir. Undagi bir tartibda joylashgan yumaloq kovakchalarning diametri 0,1—0,6 mm bo‘lib, ular o‘zaro yupqa shisha devor bilan ajralgan.
Ko‘pik-shisha olish uchun sanoatda chiqadigan shisha chiqindilarini yahshi tuyib, unga gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalar (koks, ohaktosh, marmar va boshqalar) qo‘shiladi, keyin uni 700—900°C da eritib, qolipga quyiladi. Suyuqlik holatiga o‘tayotgan shisha eritmasida qo‘shilmalar gaz hosil qiladi va qotish jarayonida buyumda mayda kovakchalar paydo bo‘ladi. Bu esa buyumning zichligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Ko‘pik-shishaning g‘ovakligi 85—95%, zichligini 200 dan 400 kg/m3 gacha, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,08 dan 0,12 Vt/m grad gacha, siqilishdagi mustahkamligi esa 0,5—12,5 MPa gacha bo‘ladi.
Ko‘pik-shishadan o‘lchamlari 1000500125 mm yoki 500500125 mm li blok va plitalar tayyorlanadi. Ko‘pik-shishani oson arralash, kesish yoki parmalash mumkin. Undan tayyorlangan buyum sovuqqa hamda kimyoviy eritmalar ta’siriga chidamli bo‘ladi.
Ko‘pik-shisha qurilishda ko‘p qatlamli temir-beton panellarda, temir-beton, g‘isht va yog‘och taxta devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda isitgich qatlam sifatida ishlatiladi. Sirti 400°C gacha qiziydigan uskuna va quvurlarni qoplashda ham issiqlikni saqlovchi ashyo sifatida ko‘pik-shisha ishlatiladi.
Ko‘pik-shisha donalari juda yengil va konstruktiv betonlar olishda yengil to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Ko‘pik-shisha to‘ldirgich shisha siniqlarini cho‘yan zoldirli aylanma tegirmonda kukun holatgacha tuyiladi va donalanadi. Keyin, aylanma xumdonda ko‘pirtirib eritiladi. Ko‘pik-shisha to‘ldirgichning uyilgan holatdagi zichligi 100—150 kg/m3 ga teng.
Shisha tola — borsilikat shishasini yuqori haroratda eritib, diametri juda kichik (0,00002 dan 0,03 mm gacha) teshikdan bosim ostida chiqayotgan tolalarni g‘altaklarga o‘rab olinadi. Shisha tolasini uzluksiz ravishda olish texnologiyasi 5.4-rasmda ko‘rsatilgan.
Shisha tolasining cho‘zilishdagi mustahkamligi juda katta (Rcho‘z — 200...400 kg/mm2 yoki 2000...4000 MPa). Tolaning diametri kichrayishi bilan uning mustahkamligi ham kamayadi. Shisha tolali buyumning zichligi hamda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti juda kichik bo‘ladi. Diametri 0,04 mm gacha bo‘lgan shisha tolasining zichligi 50 kg/m3 ga teng.
Shisha tolasidan tayyorlangan plita, skarlup, namat va shu kabilar qavatlararo plitalar, pardadevorlar, tom va yopma plitalar qurilishida issiqlikni saqlovchi sifatida keng ishlatiladi. Chigal va juda kalta shisha tolalaridan zichlab olingan shisha namatni bitum yoki smolalarga shimdirib olingan mahsulot qurilish konstruksiyalarining yer osti qismini chirishdan saqlashda ishlatiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin