E qosimov, M. Akbarov


SHISHASIMON CHIQINDILARNING ISHLATILISHI



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə75/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156
SHISHASIMON CHIQINDILARNING ISHLATILISHI

Xalq xo‘jaligida va shisha ishlab chiqaruvchi korxonalarda juda ko‘p miqdorda shishasimon chiqindilar chiqadi. Ayrim davlatlarda umumiy chiqindilarning 25—35% ini shisha chiqindilari tashkil etadi. Shisha chiqindilarni markazlashgan va ixtisoslashgan holatda yig‘ish atrof muhitni muhofaza qilishda hamda ekologik muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, qimmatbaho shisha chiqindilari asosiy xomashyoni tejashda, qurilishda shishasimon ashyolarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda katta samara beradi. Ayrim xorijiy davlatlarda shisha ishlab chiqarishga ketadigan xomashyoning 90% ini shisha chiqindilari tashkil etadi. Masalan, AQSh va Kanadada 30 ga yaqin tajriba uchun qurilayotgan avtomagistral yo‘llarda ishlatiladigan to‘ldirgichlarning 50% ini shisha siniqlari tashkil etadi. Bunday qo‘shilma yo‘lning chidamliligini oshiradi.


Shisha chiqindilaridan shishasimon pardozbop ashyolar, yo‘l qurilishida ishlatiladigan quyma shisha buyumlari hamda to‘ldirgichbop ko‘pik shisha donalari ishlab chiqarish katta samara beradi. Avtoklav silikat buyumlari ishlab chiqarishda shisha siniqlaridan olingan qumni kremnezem o‘rniga ishlatish mumkin. Tog‘ jinslarini qazib olishda va ularni qayta ishlashda qoladigan chiqindilardan har xil qurilish ashyolari olish, kelajakda bajariladigan muhim va samarali yo‘nalishdir.
Tabiiy tosh chiqindilaridan quyma toshlar ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanish xalq xo‘jaligining eng samarali yo‘nalishlaridan biridir.
O‘ZBEKISTON SHISHA ASHYOLARI
Respublikamiz mustaqillika erishgandan so‘ng xalq xo‘jaligini bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirishga doir chiqqan bir qator qaror va farmonlar respublikamiz shisha ishlab chiqarish sanoatiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997-yil 277 va 1998-yil 375- qarorlarida qurilish ashyolarini ishlab chiqarishni takomillashtirishga doir tadbirlar ishlab chiqildi.
Hozir respublikamizda «O‘zqurilishashyo» aksiyadorlik uyushmasiga, asosan ikkita eng yirik shisha ishlab chiqarish korxonalari «Kvars» va «G‘azalkentoyna» korxonalari kiradi. Bundan tashqari quvvati 3,5 mln m2
taxta oyna ishlab chiqaradigan Chirchiq shisha zavodi (hozir G‘azalkentoyna AU) 5,4 mln m2 oyna chiqaradigan «Quvasoyshisha» ishlab chiqarish birlashmasi va Chimboy shisha zavodlari respublikamiz qurilish industriyasiga shisha mahsulotlarini yetkazib bermoqdalar.
Shisha ashyolari chiqaradigan «Kvars» AU 1974-yilda tashkil topgan. Ushbu korxona 1996-yili qayta qurildi va hozirgi kunda shisha eritmasini yotiq usulda so‘rib ishlanadigan, yuzasi silliqlangan yuqori sifatli tekis taxta oyna ishlab chiqarmoqda.
Ochiq turdagi «Kvars» AU dagi korxonalar quvvati shartli ravishda 319 mln m2 shisha buyumlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shulardan 10 mln m2 ni qurilish uchun zarur bo‘lgan (qalinligi 3—12 mm) taxta oynalari tashkil etadi.
«Kvars» shisha korxonalari asosan yiliga 309 mln dona shisha idishlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kvars» AU ga qarashli korxonalarni zamonaviy texnologiya asosida arxitektura-qurilish oyna buyumlari ishlab chiqarishga aylantirish zarurligi to‘g‘risida 1998-yilda 431-qarori chiqdi. Ushbu qarorga ko‘ra taxta oynalarni kesish, joylash va lazer nurlari bilan shisha sifatini nazorat qilib turuvchi asbob-uskunalarni 32.4 mln DM ga sotib olish shartnomasi Italiyaning «Tekint» firmasi bilan imzolandi. Shuningdek, «Kvars» korxonalarining maxsus ixtisoslashgan maydonlarida yiliga 650 tonna yuqori haroratga chidamli shamot g‘ishtlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Respublikamizda qurilayotgan Qo‘ng‘irot soda zavodi, «Mayskiy» zaxiralaridagi kvars qumini olish va
qayta ishlash fabrikasi ishga tushsa, shisha sanoatimizning 92% i mahalliy xomashyolar bilan ta’minlanadi. Shisha sanoatimizning rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni hisoblab oldindan ishlangan rejaga ko‘ra qurilish shisha ishlab chiqarish korxonalarining quvvati talabga ko‘ra quyidagi miqdorda chiqaziladi:
«G‘azalkentoyna» AU korxonalarida shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvati qurilishbop taxta oyna — 3 mln 300 ming m2, shisha tolali o‘ram — 176 ming m3 va eruvchan shisha 30 ming tonnani tashkil etadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin