Profilli (uzun) shisha buyumlar. Profilli shisha to‘suvchi panellar tayyorlashda shveller, ugolnik va boshqa turlarda ishlatiladi (5.6-rasm).
Profilli shisha mahsulotlari armaturalangan va armaturalanmagan turlarga bo‘linadi va gorizontal prokatlash usulida olinadi. Biriktirilgan shvellerlarning uzunligi 4,2 m, korobka ko‘rinishidagi ugolnikdan tayyorlangan shisha buyumlarning uzunligi esa 6 m ni tashkil etadi. Ular panel ko‘rinishidagi shisha buyumlar olishda samarali qo‘llanilmoqda. Bunda panellarning balandligi shvellerdan tayyorlangan bo‘lsa 1,8 va 2,4 m, ugolnikdan tayyorlangan bo‘lsa 1,8; 2,4 va 3 m ga teng.
Profilli shishadan tayyorlangan devorbop panel rom va profilli shisha to‘ldiruvchisidan tashkil topadi. Rom temirdan, betondan yoki yog‘ochdan tayyorlanishi mumkin. Oxirgi yillarda shishatemir-betonli panel —
«profaks» qurilishda keng ishlatilmoqda.
Profilli shishaning kamchiligi uning yong‘inga chidamsizligi, ya’ni yong‘in paytida 15—25 daqiqada o‘zining xususiyatlarini o‘zgartirishi hisoblanadi.
Mozaikali gilam yoki gilam tasvirli shisha plitkalarbezakli qoplamalar ichida eng samaralisidir. Bino va inshoot devorlarining tashqi tomonini zararli muhit ta’siridan saqlashda, muzlashga chidamli, ozoda va pokiza mozaika-gilam tasvirini beruvchi shisha plitkalar qurilishda keng ishlatiladi. Ular tomonlari 21215 va 46465 mm li o‘lchamlarda chiqariladi. Yevropa shisha ashyolari ishlab chiqaruvchi korxonalari chamasi 100 xil rangda turli o‘lchamlarda shisha mozaika plitkalarini sotib olishni tavsiya etmoqdalar.
Shisha bo‘tqasini quyma yoki prokat usulda zichlab olingan yaltiroqmas smalta deb ataluvchi rangli oyna siniqlaridan badiiy panno, kompozitsiyalar va me’moriy qoplama buyumlar ishlanadi. Siniq shisha xillari 200 ga yaqin ranglarda bo‘lishi mumkin. Smalta bo‘laklarining o‘lchami 20 mm dan oshmaydi.
Pardozbop shisha uvoqlari har xil rangli shisha bo‘laklarni 0,4 dan 10 mm gacha yiriklikda maydalab olinadi. Keyin, binolarning tashqi devorlari rangli sement qorishmalari asosida suvoq qilinadi.
Granit, marmar tasvirini beruvchi shisha kristall ashyoni sigran deb ataladi. Mayda kristall zarrachali tabiiy kvarsit (avantyurin), xrom oksidi qo‘shilgan temir toshqoli va shishabop mineral xomashyo aralashmalaridan tashkil topgan tarkibni eritib sigranning boshqa xillari olinadi. Bunday shisha bo‘tqasi sopol taxtachalar olishda glazur sifatida ishlatiladi. Sigran, bino va inshootlarning ichki va quyosh nuri tushadigan tashqi devorlarni qoplashda, hamda pardozbop ashyolar sifatida ishlatiladi.