E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə77/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   156
Havoiy bog‘lovchilar — ohak, gipsli bog‘lovchilar va kaustik magnezit va h.k. Ular suv va nam ta’sirida bo‘lmagan sharoitda qotish xossasiga ega.
Gidravlik bog‘lovchilar faqatgina havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega. Masalan, gidravlik ohak, portlandsement, giltuproqli sement, putssolan portlandsement, toshqolli portlandsement, kengayuvchi sementlar va hokazo.
Bog‘lovchi ashyolarni ishlatishda quyidagilarni bilish zarur: qorishmaning quyuqlanish davri, normal qorishma olish uchun suv miqdori, suvning qorishma bilan birikish darajasi, quyuqlanishida chiqadigan issiqlik miqdori va h.k.
Bog‘lovchi ashyo suv bilan qorishtirilganda fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida quyuqlasha boshlaydi, uning qo‘zg‘aluvchanligi kamayadi. Bunga bog‘lovchi modda quyuqlanishining boshlanish davri, qo‘zg‘aluvchanligi butunlay yo‘qolgandan keyin esa quyuqlanishning oxiri (qotish) deb ataladi. Quyuqlanish davriga qarab bog‘lovchilar 3 guruhga bo‘linadi:

  • tez quyuqlanuvchi — quyuqlanishning boshlanish davri 3-10 daqiqa. Bunday bog‘lovchilarni ishlatish noqulay bo‘lganligi sababli, unga quyuqlanishini susaytiruvchi maxsus moddalar, masalan qurilish gipsi qo‘shiladi;

  • normal quyuqlanuvchi — quyuqlanishning boshlanish davri 30 daqiqadan keyin, oxiri esa 12 soatgacha davom etadi. Bunday bog‘lovchilarga beton va qorishmalar tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan barcha sementlar kiradi;

  • sekin quyuqlanuvchi — quyuqlanish 12 soatdan keyin boshlanadigan ashyolar.

Barcha bog‘lovchilar quyuqlanish va qotish jarayonida o‘zidan issiqlik ajratib chiqaradi. Bog‘lovchilarning quyuqlanish davri va qotish jarayoni tez bo‘lsa, uning issiqlik chiqarishi ham ortadi. Ayrim bog‘lovchi moddalar, masalan, portlandsementning 1 kg 7 kun davomida o‘zidan 65 kkal (272 kJ) gacha issiqlik chiqaradi.


HAVOYI BOG‘LOVCHI ASHYOLAR
Havoyi ohak. Ohak tarkibida 8% gacha tuproq bo‘lgan kalsiy va magniyli karbonat tog‘ jinslaridan — bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan va mergelli ohaktoshni kuydirib juda arzon, havoda qotadigan bog‘lovchi ashyo — havoyi ohak olinadi. Olingan mahsulot bo‘lak-bo‘lak oq yoki kulrangda bo‘lib, u suvsiz kalsiy oksidi va qisman magniy oksididan tashkil topgan. Bunga so‘nmagan yoki tosh ohak deyiladi. Uni maydalab qaynovchi ohak olinadi.
Kondan keltirilgan ohaktosh, asosan shaxtali, qisman aylanma yoki doira shaklidagi xumdonlarda 950— 1100°C haroratda kuydiriladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin