E qosimov, M. Akbarov


Portlandsement ishlab chiqarish



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə85/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156
Portlandsement ishlab chiqarish. O‘zbekistonda asosan o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida portlandsement ishlab chiqarish boshlangan. Bu davrda chiqariladigan sementlar tarkibiga ko‘ra Volga va Novorossiyskdan keltiriladigan portlandsementdan kam farq qilsada, sifati juda past edi. Ammo O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda sanoat va qishloq xo‘jalik qurilishining tez sur’atda o‘sishi natijasida Bekobodda birinchi bo‘lib yiliga 150 ming tonna portlandsement ishlab chiqaruvchi zavod qurildi. Respublikada portlandsement ishlab chiqaruvchi ikkinchi yirik zavod 1932-yilda Quvasoyda qurildi.
Belit sement. O‘zbekistonda yangi zamonaviy binolarning paydo bo‘lishi va katta shaharlarda yirik jamoat va madaniy-maishiy inshootlarning ko‘plab qurilishi oq va pardozbop sementlarni mahalliy xomashyodan tayyorlash vazifasini qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «Umumiy va noorganik kimyo» institutidagi «Silikatlar kimyosi» laboratoriyasi xodimlari bunday sementlarni mahalliy xomashyo tarkibida temir oksidi kam bo‘lgan Ohangaron kaolin tuprog‘ va ohaktoshdan 1200—1300°C da kuydirish yo‘li bilan olish mumkinligini ko‘rsatdilar. Bunday sement pardozbop glinozemli belit sementi deb ataladi. Bu sementning quyuqlanishi qoniqarli va sulfatli suvlar ta’siriga chidamlidir.
O‘zbekiston sement zavodlari 1990-yilda 6 mln 385 ming tonna sement chiqargan bo‘lsa, 1999-yilga kelib uni 3 mln 331 ming tonna hajmda ishlab chiqardi.
«Ohangaron rangli sement» qo‘shma korxonasi 1997-yildan boshlab fosforit o‘g‘itlari ishlab chiqarish uchun aylanma tegirmonda tuyilgan fosforit uni tayyorlashga ixtisoslashgan. Bozor sharoitida talab kamayib ketganligi tufayli oq sement ishlab chiqarish faqatgina «Angren qurilish ashyolari» AU da yo‘lga qo‘yildi.
«Qizilqumsement» QK ga qarashli eng yangi va yirik sement zavodining bir yillik ish unumi 1475 ming tonnaga teng.
Respublikada 2005-yilda sement ishlab chiqarish istiqbol rejasi quyida keltirilgan. Qizilqumsement — 2250 ming tonna.
Ohangaronsement — 1170 ming tonna. Quvasoysement — 900 ming tonna.
Bekobodsement — 700 ming tonna. Angren QAK — 24 ming tonna.
Jami — 5044 ming tonna.
Shundan har yili 2 mln tonnaga yaqin sement eksport uchun mo‘ljallanmoqda.
Kelajakda, Xilkovadagi ohaktosh zaxiralari, shuningdek Jizzax viloyatining ko‘tarma ohaktosh konlari Bekobod sement zavodlari uchun asosiy xomashyo bazalari bo‘lib qoladi. Ohangaron sement AU uchun xomashyolar Qoratoy va Shavazsoy ohaktosh va sog‘ tuproq konlaridan olinadi. Bu konlardan 1962-yildan boshlab sement ashyolari olinmoqda.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin