E qosimov, M. Akbarov


SEMENTNI KUYDIRMAY OLISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə86/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   156
SEMENTNI KUYDIRMAY OLISH TEXNOLOGIYASI
Ma’lumki, sement olish juda murakkab, katta miqdorda issiqlik energiyasi talab etuvchi (1300—1450°C), qimmatbaho asbob-uskunalar kerak bo‘ladi. Bu borada, og‘ir sanoat chiqindilari asosida kuydirilmay olinadigan gidravlik bog‘lovchilar o‘z texnologiyasining soddaligi, juda arzon, ekologik muammolarni hal etishda katta ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Ularning tarkibida tuyilgan toshqol, qo‘shilma va natriy yoki temir ishqorli eritmalarni o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan modda bor. Ishqorli bog‘lovchini ilk bor Kiyev Qurilish muhandislari instituti olimlari (V.D. Gluxovskiy rahbarligida) ixtiro etganlar.
O‘rta Osiyo xomashyolari asosida ishqorli sement ishlab chiqarish texnologiyasini ilk bor prof.
E. Qosimov, prof. A. To‘laganov, prof. A. Aliyev, dots. U. Gaziyev va boshqalar ilmiy-amaliy tomondan asoslab berdilar. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha A. Aliyev va A. To‘laganov texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladilar. Kuydirmay olinadigan ishqorli sement boshqa sementlardan afzalligi, bu uning zararli muhitga chidamliligi va mustahkamligidir. Uni olish texnologiyasi juda oddiy. Buning uchun fosfor toshqoli, po‘lat toshqoli, gliyej, sodasulfat aralashmasi yoki kaliy va natriy ishqorli chiqindilar 5—6% namlikda tuyiladi, tayyor sement maxsus siloslarga joylanadi. Kuydirilmay olinadigan ishqorli sementni 200 dan 1300 markalarda ishlab chiqarish mumkin.

Sinov savollari


  1. Bog‘lovchi moddalar nima, ularning mineralogik hamda kimyoviy tarkiblarini bilasizmi?

  2. Havoyi bog‘lovchilarning xillari va ishlatilishini izohlang.

  3. Portlandsement nima, uning xillari va xossalarini bilasizmi?

  4. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan havoyi bog‘lovchi moddalarning xillari, xomashyo zaxiralari to‘g‘risida bayon bering.

  5. Respublikamiz viloyatlarida joylashgan bog‘lovchi moddalar ishlab chiqaruvchi korxonalarni bilasizmi?





  1. Yüklə 300,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin