Sement, ohak suvoqbop qorishmaning qurish tezligi (ГКЖ-10 sement og‘irligiga nisbatan 1,5%) BINO FASADINI NAMLANMAYDIGAN QILISH Bino va inshootlarning tashqi devor yuzalari hamma vaqt ob-havo — yomg‘ir, nam va quyosh nuri ta’sirida bo‘ladi. Suvoq yuzasidagi yomg‘ir suvi qorishma g‘ovaklari orqali devorning ichki qismiga siljiydi va natijada pardozlangan yuzada dog‘lar, yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ayniqsa, yirik devorbop temir- beton panel choklari orqali namlik tez siljiydi, uyning ichki yuzasini buza boshlaydi. Namlangan devorning issiqlik o‘tkazuvchanligi oshadi. Xonada namlik miqdori ko‘payib inson salomatligiga ta’sir etadi. Bundan tashqari devorning ichki qismida temir sinchlar (armatura, qo‘shimcha temir qismlar) namlik ta’sirida zanglay boshlaydi va nihoyat beton bilan yopishish mustahkamligini kamaytiradi. Devor yuzasini sopol yoki pardoz- bop tog‘ jinslari bilan qoplash, bo‘yoqlar bilan surkash kabi tadbirlar aytarli samara bermaydi. Masalan, devor yuzasi pardozbop taxtachalar bilan qoplanganda suv tomchilari uning choklari orqali siljib devor bilan taxtachalarni yopishish mustahkamligini kamaytiradi. Ohak va silikat bo‘yoqlar esa devorni namlanishdan saqlay olmaydi. Bino devorlari yuzasini qoplashda ishlatiladigan taxtaga choklari va temir-beton panel choklarining namlanmasligini ta’minlash va bo‘yoqlar rangi tiniqligini, hamda suv o‘tkazmasligini oshirishda KO qo‘shilmalar keng ishlatiladi. Ohak va silikat bo‘yoqlari ishlatilganda ularning namlanmasligini oshirish maqsadida qorishmaga ГKЖ-10 dan 5% qo‘shiladi. Silikat bo‘yoqlari ishlatilganda, avvalo suyuq shisha 5% li ГKЖ bilan aralashtiriladi, keyin bo‘yoqqa qo‘shiladi. Fasadbop KO emallar pardozlash ishlarida ko‘p ishlatiladi. KO emal —anorganik va organik pigmentlarni KO lokida obdan aralashtirilib olinadigan bo‘yoq. Bunday emallar devorbop temir-beton panellarni, sokol va betondan ishlangan to‘siq konstruksiyalarni pardozlashda ishlatiladi. Organik emallar ob-havo va nam ta’siriga chidamlidir. U devorning suv o‘tkazmasligini, muzlashga chidamliligini, yopishqoqligini oshiradi. Devorga surkalgan emalning qurishi va
uning qotishi ob-havo haroratiga bog‘liq. Masalan, +20—30°C haroratda emal 10 daqiqada qurib, 1 soatda qotadi, +5-10°C haroratda esa 40 daqiqada quriydi, 3 soatda esa qotadi. Ammo, suvog‘i xali qurimagan va nam bo‘lgan devorlarga emal yopishmaydi, u qurigandan keyin palaxsa-palaxsa bo‘lib ko‘chib tushadi. Emal bilan pardozlangan suvoqqa suv aytarli yuqmaydi va yuzasi uzoq vaqt toza turadi.