E qosimov, M. Akbarov


bob PARDOZBOP BETON, TEMIR-BETON VA TEMIR ASHYOLAR



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə97/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   156
bob



PARDOZBOP BETON, TEMIR-BETON VA TEMIR ASHYOLAR

Bog‘lovchi modda, mayda va yirik to‘ldirgichlarni suv bilan qorishtirib olingan qorishmaning asta-sekin qotishi natijasida hosil bo‘lgan sun’iy toshlar beton deb ataladi. Beton xossalarini yaxshilash uchun qorishmaga maxsus qo‘shilmalar qo‘shiladi. Masalan, qotish jarayonini tezlashtiruvchi, qorishmaning plas- tikligini oshiruvchi, yangi birikmalar hosil qiluvchi moddalar shular jumlasidandir. Zichligiga ko‘ra betonlar quyidagicha tasniflanadi.


Juda og‘ir betonlar — bunday betonlarning zichligi 2500 kg/m3 dan katta, bunda to‘ldirgich sifatida po‘lat qipig‘i (po‘lat-beton), bariyli beton, magnezit, cho‘yan qirindisi va boshqalar ishlatiladi.
Og‘ir (oddiy) beton — zichligi 1800—2500 kg/m3, to‘ldirgich sifatida qum, shag‘al yoki chaqilgan tosh va boshqalar ishlatiladi.
Yengil beton — bunday betonlarning zichligi 500—1800 kg/m3, to‘ldirgich sifatida toshqol, keramzit, agloporit, perlit, pemza, tuf va boshqa yengil tabiiy va sun’iy toshlar ishlatiladi.
Juda yengil beton — zichligi 500 kg/m3 dan kam bo‘lgan konstruktiv va issiqlikni kam o‘tkazadigan ko‘pik-beton, gaz-beton yoki yirik (qumsiz) g‘ovakli betonlar shular jumlasidandir.
Ko‘rinib turibdiki, betonlarning zichligi 300 kg/m3 dan 3600 kg/m3 gacha o‘zgarar ekan. Bu esa, beton
buyumlarini yoki konstruksiyalarni kerakli zichlikda tayyorlashga imkon beradi.
Bog‘lovchi moddalarning turiga ko‘ra betonlar sementli, gipsli, asfalt-beton, silikat beton, polimer beton kabilarga bo‘linadi.
Ishlatilishiga ko‘ra esa ular sanoat va uy-joy qurilishi, gidrotexnik inshootlar uchun qo‘llaniladigan, yo‘l va ko‘priklar qurishda ishlatiladigan beton, kislota, ishqor va boshqa zararli muhitga chidamli beton, radioaktiv nurlarni o‘tkazmaydigan atom va uran qozonlarini qurishda ishlatiladigan maxsus betonlar, o‘tga chidamli beton va turli rangdagi pardozbop betonlarga bo‘linadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma mualliflari bu yo‘nalishda anchagina ilmiy-amaliy ishlarni amakda qo‘llashga tatbiq etgan olimlardandir.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin