Qosimov Erkin Umarali o‘g‘li — texnika fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Xalqaro muhandislar akademiyasi muxbir a’zosi, Qozog‘iston Arxitektura-qurilish bosh akademiyasi va Qirg‘iziston Qu- rilish, transport va arxitektura davlat universitetlarining faxriy professori. Ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Ilmiy ishlari 391 dan ortiq. Uning ilmiy rahbarligida 37 ta nomzodlik, 2 ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlanib, himoya qilingan.
Akbarov Mirmuxsin Olimovich t.f.n., dotsent. 3 ta monografiya, 4 ta me’yoriy hujjat, 5 ta darslik va 80 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.
Pardozbop va boshqa qurilish ashyolari rangini mo‘tadil, hamda chidamliligini ta’minlash alohida bir yo‘nalish bo‘lib, qurilish samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
YENGIL BETONLAR
Yengil to‘ldirgichlar hisobiga zichligi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari kamaytirilgan betonlarga yengil betonlar deb ataladi. Yengil betonlarning zichligi 1800 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti esa 0,35-0,6 Vt/(m °C) dan oshmaydi.
Hozir qurilishlarda quyidagi yengil betonlar ishlatiladi:
G‘ovak to‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar. To‘ldirgichlar sifatida vulqon tufi, pemza, ko‘pchitilgan gil (keramzit), yoqilg‘i va donali domna toshqoli hamda shulardan tayyorlangan qumlar ishlatiladi. Bunday betonlarning zichligi 1200-1800 kg/m3 ga teng.
Yirik g‘ovakli (qumsiz) betonlar. Bunday betonlar tarkibida suv, bog‘lovchi va yirik to‘ldirgich (shag‘al yoki chaqilgan tosh) bo‘ladi. Zichligi 500—1800 kg/m3.
Juda yengil ko‘p g‘ovakli betonlar. Bunday betonlar tarkibida, suv va qumtuproq bilan oldindan aralashtirilgan g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shilmalar bo‘ladi. Zichligi 500 kg/m3 dan kam.
Beton bog‘lovchi va to‘ldiruvchidan tashkil topganligi eramizdan oldingi II-III asrlarga bog‘langan. Bu betonlar suv ta’siriga chidamli bo‘lib ohak qorishmasi, vulqon kuli va pishiq g‘isht bo‘laklaridan tarkib topgan. U 1000 yillar davomida sinovdan o‘tdi. Bunga eramizning II asrida qurilgan Rim Panteoni misol bo‘la oladi. Rim imperiyasi qulagandan keyin, XVII asrning o‘rtalarigacha beton ishlatilishi noma’lum bo‘lib kelgan. XVIII asrning oxirlarida quyma betondan poydevor, balka, ustun va h.k. lar tayyorlash boshlangan.
F. Gennebikning 1892-yilda yaratgan konstruksiyasi armatura, plita, balka va kolonnalar majmuidan iborat bo‘lib yangi arxitekturaviy ashyo sifatida tan olingan.
Temir-beton — birinchi bo‘lib Fransiyada yaratilgan. Undan dastlab temir-beton plitalar, poydevor bloklari va boshqalar tayyorlangan. Keyinchalik ba’zi temir-beton elementlari quyma usulda tayyorlana boshlagan.
O. Perri o‘z ilmiy faoliyatini temir-betonning estetik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan birinchi me’morlardan biri xisoblanadi. Eng asosiy afzalliklariga yuzadagi bezakni temir-beton elementlarni tayyorlash jarayonida berishning mumkinligidir.
XX asrning boshlarida temir-betondan bir qator namunaviy konstruksiyalar ishlab chiqildi. Shisha va temir-beton kompozitsiyalari bilan sanoat binolarini pardozlash yo‘lga qo‘yildi. 1923-yildan keyin katta o‘lchamli oraliqlar uchun fazoviy konstruksiyalar yaratildi. Dunyo amaliyotida hammaga tanish bo‘lgan fazoviy konstruksiyalarga — kupolalarga diametri 43 metr bo‘lgan Panteon, 41 metrli Floreyti va 42 metrli Rimdagi Petr saroyini kiritish mumkin.
O‘zbekistonda quyma va yig‘ma temir-betonlarni ishlab chiqarish XX asrning 40-yillarida gidrotexnik inshootlarni qurish bilan boshlangan.
Qurilish ashyolarining konstruktiv va bezakbop xususiyatlarini bog‘lash zamonaviy me’morchilikning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |