E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə106/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   156
Erigan temirni purkash usuli bilan ishga yaroqsiz temir qismi va bo‘laklar yuzasidagi qatlam qalinligini oshirib ta’mirlash mumkin. Temir yuzasiga tuyilgan dala shpati, kvars, tuproq va buradan tashkil topgan aralashmani eritib bosim ostida purkaladi. Natijada, temirni zanglashdan saqlaydigan emal bo‘yoq qatlami hosil bo‘ladi. Ushbu usul bilan vanna, rakovina va boshqa santexnika buyumlari metall harorati 750—800°C ga teng bo‘lgan maxsus o‘choqlarda emal bilan qoplanadi. Xuddi shu usul bilan temir yuzasiga yupqa oynani eritib yopishtirish mumkin. Juda zararli suyuqliklar uchun temir quvurlarning ichki va tashqi yuzalarini shisha bilan qoplab ularni zanglashga chidamliligi oshiriladi. Temir buyumlarni parda hosil qiluvchi lak-bo‘yoq ashyolar bilan zanglashdan saqlash usuli qurilishda ko‘p ishlatiladi.
Bunday ashyolarga sintetik laklar (ПВX), epoksid smolasi, nitroemal, xlorkauchuk emali, neft va toshko‘mir laki, o‘simlik yog‘idan tayyorlangan bo‘yoqlarni kiritish mumkin. Bo‘yoq pardasining chidamliligini va mustahkamligini oshirishda pigment moddalar, aluminiy uni, qo‘rg‘oshin suriki va boshqalar ishlatiladi. Shuningdek, po‘lat buyumlarni zanglashdan saqlashda bitum-asbest va sement-kazein bo‘tqasi o‘rama gidroizolyatsiya ashyolari ham ko‘p ishlatiladi. Po‘lat yuzasiga polimer ashyolar eritib purkash, sintetik pardalar yopishtirish, vinilplast yoki poliizobutilen surkash, hamda sopol va bazaltni eritib olingan plitkalar, rezina ebonit kabi zanglashga chidamli ashyolar bilan qoplash amaliyotda ko‘p ishlatiladi. Po‘lat buyum yoki konstruksiyaga ta’sir etuvchi muhitni neytral holatga keltirishda ohak, ishqor, fosfat, kolloid sulfat singari moddalar ishlatiladi. Amaliyotda, ayrim temir buyumlarni bezash uchun ishlatiladigan ashyolar, ularni zanglashdan saqlaydi. Bunday qatlamlarga kristallit, bolg‘alangan emal, sovuq yoki issiq emallar, aluminiy anodlarini misol qilish mumkin.
O‘zbekistonda temir ishlab chiqarish. O‘zbekistonda temir ishlab chiqarish ikkilamchi temir va po‘lat parchalarini qayta eritib qurilish uchun zarur mahsulotlar tayyorlashga asoslangan. Qurilish uchun po‘lat armaturalar quvurlar uchun burchaklar, podshipniklar va boshqa temir ashyolari, asosan Bekobod shahridagi ishlab chiqarish aksiyadorlar uyushmasi O‘zbekiston metallurgiya kombinatida ishlab chiqariladi. Kombinat 2001-yilda 50 milliard so‘mlik temir mahsulotlari ishlab chiqardi. Endilikda horijiy mamlakatlardan 30 mln AQSh dollariga sotib olinadigan armaturani hamda 38 mln dollarlik po‘lat podshipniklar kombinatning o‘zida ishlab chiqarilmoqda. Shu yildan boshlab jami 70 mln AQSh dollariga teng temir mahsulotlari chet ellarda emas, o‘zimizda ishlab chiqariladigan bo‘ldi.
Cho‘yan vannalar, oqova suv quvurlari, emallangan oshxona chanog‘i va yuvish idishlari «Santexquyma» AU da ishlab chiqarilmoqda.
Uyushmaga qarashli korxonalarda yiliga: uzunligi 1500 va 1700 mm li emallangan cho‘yan vannalardan 250 ming dona; diametri 50, 100 va 150 mm li ehtiyot qismlari bilan ishlab chiqariladigan oqova suv quvurlaridan 37000 tonna; emallangan po‘lat buyumlar esa (idishlar) 600 ming dona miqdorida ishlab chiqarilmoqda.
«Santexquyma» AU sanoat va yirik qurilish inshootlari uchun zarur bo‘lgan cho‘yan santexnika buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Xomashyo sifatida ishlatiladigan cho‘yan quymasi, quyma koks, sovuq usulda ishlangan po‘lat listlari, kukun va shisha emallar Rossiyadan keltiriladi. Cho‘yan parchalari esa respublikamizda tayyorlanadi.
Yaqin kunlarda O‘zbekiston metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda shisha emal kukuni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Shunga qaramay «Santexquyma» AU bozor raqobati talablariga javob bermay qoldi. Bunga mutaxassis kadrlarning yetishmasligi, Rossiyadan keltirilayotgan xomashyolarning qimmatga tushayotgani, bozor talablarining chuqur o‘rganilmayotganligi kabi bir qancha muammolar sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra davlat budjetidan 2 yil muddatga berilgan sanatsiya yordamida korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash lozim.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin