Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan pardozbop polimer ashyolar. Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ashyolar, avvalo yengil, yetarli darajada mustahkam va texnik sharoitlarga to‘la javob berishi kerak. Bularga ko‘pik qatlam, serg‘ovak qatlam, ari inisimon qatlam va shunga o‘xshashlar kiradi.
Serg‘ovak hamda ko‘pik qatlamlar qizdirilgan smolalarni ko‘pirtirib, keyin qoliplarga quyib tayyorlanadi. Polimerlardan olinadigan issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ashyolarning hajmiy og‘irligi 10—220 kg/m3. Issiq- sovuq va tovushni o‘tkazmaslik ko‘rsatkichlari olingan mahsulotning hajmiy og‘irligiga bog‘liq.
Polistirol, polixlorvinil va poliefir smolalar asosida tayyorlanadigan issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ko‘pik qatlam plitalar qurilishda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ikki sirti suvga chidamli fanera bilan yopishtirilgan pardozbop ko‘prik-qatlam plita 9.1-rasmda ko‘rsatilgan. Bunday plitalar respublikamizda ishlab chi- qarilmoqda.
Ko‘pik va serg‘ovak qatlamli qoplama va pardozbop plitalar issiq-sovuqni o‘tkazmaslik darajasi bo‘yicha qalinligi 2,5 g‘ishtli devorlar o‘rnini bosa oladi.
Issiq-sovuqni kam o‘tkazuvchan anorganik ashyolar.Mineral paxta tog‘ jinslari bazalt (mergel, ohak- gil slaneslari, dolomit, ohaktosh) yoki temir rudasini eritganda ajralib chiqadigan toshqollarni yuqori haroratda suyuq holatga aylantirib olinadi. Diametri 0,75—1,5 m bo‘lgan shaxta o‘choqlarda erigan tog‘ jinsi bosim ostida uning ostki qismidagi 20—30 mm li teshikdan bug‘ holida purkalib chiqadi. Bunda ingichka ip singari sochilib chiqqan suyuq eritma tezda qotib, uzunligi 5—60 mm va dia-metri ko‘pi bilan 12 mikron (1 mikron 1/1000mm) keladigan tolalarga aylanadi. Tolalar sovigandan keyin to‘rsimon transportyorga o‘tadi, bunda chigallangan ip singari tartibsiz joylashgan tolalardan paxta qatlami hosil bo‘ladi.
G‘ovak shishaolish uchun erigan shishaga bo‘r, tuyilgan qum, kul va hokazolar qo‘shib ko‘pirtiriladi va ichi g‘ovak donalarga bo‘linadi. «Shishabisyor» deb ataluvchi shisha donalari bog‘lovchilar vositasida qoliplarga quyiladi. Shisha donali qorishma quyqa holatda, plita yoki bo‘tqa sifatida chiqariladi.
Ko‘pirtirilgan shisha eritmasi yoki ko‘pik polimer smolasi bilan shisha donalarini qorishtirib olingan yengil pardozbop qoplama ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kichik va yetarli darajada mustahkam bo‘ladi.
Sovelit — plita, silindr, yarim silindr yoki boshqa shakldagi buyum bo‘lib, asosan sanoat o‘choqlari, quvurlari va shunga o‘xshashlarni muhofaza qilishda pardozbop ashyo sifatida ham ishlatiladi. U asbest bilan magniy va kalsiy tuzlari, hamda dolomit tog‘ jinsidan olinadi. Buning uchun kuydirilgan dolomit qaynoq suvda so‘ndiriladi, hosil bo‘lgan dolomit sutini karbonat kislotasi bilan to‘yintirib, qorishma asbest bilan aralashtiriladi. Rang berish kerak bo‘lsa pigment qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan bo‘tqa muhofaza qilinadigan sirtlarga surtiladi yoki buyumlar qoliplanadi. Qolipdan olingan sovelit buyumlar 500—600°C da qizdiriladi. Hajmiy og‘irligi 350—400 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,065—0,074 Vt/(m °C). Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,15—0,2 MPa. Sovelitdan tomonlari 5001703050 mm ga teng bo‘lgan pardozbop plitalar tayyorlanadi.
Vulkanit — tog‘ jinslaridan trepel, diotomit yoki vulqon kuli (50—60 qism og‘irligida), ohak kukuni (18— 20 qism og‘irligida) va asbest (20—25 qism og‘irligida) qorishmasidan ishlangan plitani avtoklavda qotirib olingan issiq-sovuqni o‘tkazmaydigan ashyodir.
Yassi vulkanit plitalarining uzunligi 500 mm, eni 1700 mm, qalinligi 20—50 mm, quruq holdagi hajmiy og‘irligi ko‘pi bilan 450 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,065—0,778 Vt/(m °C), egilishdagi mustahkamlik chegarasi, 0,3—0,5 MPa ga teng.
Vulkanit asbestli buyumlar ichida qurilishda eng ko‘p ishlatiladiganidir. U 600°C dan yuqori haroratda ishlatilmaydi.