E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə117/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156
Eskirish deb polimerlarni saqlash va ulardan foydalanish davrida fizik-kimyoviy xossalarining yomonlashuvi, elastikligi va mustahkamligining pasayishiga, hamda rangsizlanishiga olib keluvchi o‘zgarishlarga aytiladi. Plastmassa tarkibiga mahsus kukun to‘ldirgichlar, stabilizator qo‘shish va kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan eskirish jarayonini susaytirish mumkin.
Plastmassalar sintetik bo‘lganligi sababli, qurilish ashyolariga qo‘yiladigan texnik xossalarini oldindan bilgan holda, maxsus tarkibda tayyorlash mumkin bo‘ladi. Jumladan, plastmassa tarkibida kremniy va titan qo‘shish yo‘li bilan issiqqa o‘ta chidamli kimyoviy turg‘un, suv o‘tkazmaydigan, temir va shishaga yaxshi yopishuvchan mustahkam birikma hosil qilish mumkin. Aluminiy-kremniy-organik polimerlar 600°C ga chidash bera oladi. Yaqinda gafniy va titan asosida issiqqa o‘ta chidamli (4000°C ga chidamli) sopolimer yaratildi.
Polimerlar va plastmassalar ishlab chiqarishda quyidagi vazifalarni bajarish zarur:

  • arzon xomashyodan foydalanish — gaz, neft chiqindilari, ko‘mir va boshqalarni qayta ishlash;

  • yangi polimer ashyolarni sintez qilish;

  • mavjud ashyolarning xossalarini tegishli yo‘nalishda o‘zgartirish.

Masalan, -nurlar yordamida qayta ishlash yo‘li bilan qurilish va elektrotexnika sanoati uchun yangi polimer ashyolar olish imkonini beradi.
PLASTMASSALARNI QAYTA ISHLASH
Polimer ashyolar texnologiyasi, asosan, ularning tarkibiga va ishlatilishiga qarab tanlanadi. Texnologiyaning asosiy bosqichlari polimerni qayta ishlashdagi harorat va qolipga joylashdagi bosim kuchini ta’minlovchi uskunalarni ishlatishdan iborat.
Plastmassalar quyidagi usullarda ishlab chiqariladi: valsovka qilish, kalandrlash, ekstruziya, bosim ostida zichlash, quyish, surkash, shimdirish, sepish, changlatish, payvandlash, yopishtirish va h.k.
Polimer ashyo sifatli va bir tekis bo‘lishi uchun uning tarkibiy qismini obdan qorishtirib bir jinsli bo‘tqa holatiga keltirish kerak. Qorishtirish davriy va uzluksiz bo‘ladi. Qorishtiriladigan ashyo sochiluvchan va bo‘tqasimon bo‘ladi.
Yumshagan polimer taxtalarni qolipga joylab zichlash bosimi 1 MPa dan oshmaydi. Oqova suv quvurlari qurishda ishlatiladigan viniplast buyumlar, sanoat korxonalarini yoritishda qo‘llaniladigan organik shisha qalpoqlar konstruksiyalarbop uzun buyumlar qoliplash yo‘li bilan olinadi. Qizdirilgan siqiq havo bilan zich- langanda bosim 7—8 MPa gacha ko‘tariladi.
Temir va shu singari buyumlarning sirtini polimer bilan qoplashda changlatish usuli qo‘llaniladi. Buning uchun qizdirilgan buyum yuzasiga polimer kukuni sepiladi, uning yuzasiga yopishgan polimer erib qatlam hosil qiladi. Shuningdek, yana boshqa usulga ko‘ra, buyum yuzasiga obdan tuyilgan polimer kukuni (polietilen, poliamid, polistirol, polivinil butirol) gaz olovida erib mayda tomchi holatida buyum yuzasiga yopishadi va muhofaza qatlami hosil bo‘ladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin