E qosimov, M. Akbarov


Shishaplastik kompozitlarning fizik-mexanik xossalari



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə125/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   156
Shishaplastik kompozitlarning fizik-mexanik xossalari
10.1-jadvalning davomi


Shishaplastik to‘lqinli tombop taxtalar. Bunday listlar poliefir smola bilan shimdirilgan shisha tolalarni uzluksiz zichlab prokat usuli bilan yasaladi. Qolipga yopishmasligi uchun uning ikki tomoniga polistirol yoki selofan yotqiziladi. Shishaplastik tombop taxtalar yengil, pishiq, chiroyli, turli rangda va yaltiroq bo‘ladi. Tabiiy yorug‘likni bir tekis (yoyib) 80—85% gacha o‘tkazadi. Uning kamchiligi — yonuvchan va qimmatbaho.
Konstruktiv shisha plastiklar uchun ishlatiladigan smolalar, birinchi navbatda, juda mustahkam, shisha tola bilan qattiq yopishadigan va qotganda kam kirishadigan bo‘lishi kerak.
Keyingi vaqtlarda konstruktiv shishaplastiklar uchun poliefir va epoksid smolalardan biriktiruvchi sifatida juda ko‘p foydalanilmoqda. Qurilishning ayrim joylarida bu smolalardan tayyorlangan shishaplastiklar po‘lat, rangli metall va yog‘och o‘rnida konstruktiv ashyo sifatida ishlatilmoqda.
Konstruktiv shishaplastiklar uchun eng ko‘p ishlatiladigani poliefir smolasidir. Poliefir smolalari qatorida mustahkam yopishuvchanlik xossasiga ega bo‘lgan epoksid smolalar konstruktiv shisha tekstolitlar uchun biriktiruvchi sifatida ishlatiladi. Endilikda poliefir va epoksid smolalarga shimdirilgan arqonsimon shisha tola yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini ishlashda armatura sifatida ham ishlatilmoqda. Bulardan tashqari, konstruktiv shishaplastiklardan kuchni o‘ziga oladigan qo‘shtavr va shveller to‘sinlar ishlatilmoqda. Yirik panellarni tayyorlash uchun shisha plastinalardan qoliplar ishlanmoqda.
Shisha tekstolit — sintetik smola bilan singdirilgan shisha to‘qimaning issiq zichlagichda zich qatlamli plastik taxta shaklidagi ashyosidir. Shisha to‘qimalar qatorida tabiiy gazlama qatlamlari ham bo‘ladi.
Shisha tekstolit o‘tga chidamlidir, unga zamburug‘lar mutlaqo ta’sir etmaydi, atmosfera ta’siriga bardoshli, bir oz nam tortadi. Ammo cho‘zilishga (uzilishga, yirtilishga) o‘ta chidamli.
Sanoatda shisha tekstolitlar uzunligi 2400 mm, eni 1000 mm va qalinligi 15 mm gacha bo‘lgan listlar tarzida chiqariladi. Listlarning qalinligi asosan zichlanadigan shisha to‘qimaning qalinligi va miqdoriga bog‘liq.
Shisha tekstolit juda ko‘p sohalarda qo‘llaniladi. Uni devorlarga, panellarga, pardevorlarga, tomlarga ishlatsa ham bo‘ladi. Undan zichlangan quyma vannalar, rakovinalar hamda ro‘zg‘orda ishlatiladigan xilma-xil buyumlar yasash mumkin.
ShTAK (shishatolali anizatrop kompozit) gazlama qatlamlarisiz faqat shisha tolalaridan yasaladi, shisha tekstolitdan aynan shu bilan farq qiladi. Uzluksiz shisha tolalar to‘g‘ri va bir yo‘nalishda o‘zaro parallel joylangan, yondosh qatorlardagi tolalar esa bir-biriga nisbatan ko‘ndalang joylashgan. Tolalar shisha eritish uskunasidan chiqishidayoq qatorlar holida joylanadi va ustiga sintetik smola purkaladi.
ShTAK nihoyatda pishiqdir. Uning cho‘zilishga mustahkamlik chegarasi 950 MPa gacha, siqilishga mustahkamlik chegarsi 850 MPa gacha, egilishga mustahkamlik chegarasi esa 550 MPa gacha bo‘ladi.
Sanoatimiz ShTAK ni uzunligi 1000 mm dan, eni 500 mm dan va qalinligi 30 mm dan oshmaydigan plitkalar ko‘rinishida ishlab chiqaradi.
Plitkalar yorug‘lik, bug‘, nam ta’siridan buzilmaydigan hamda sovun va dezinfeksiyalovchi vositalar ta’siriga chidamli bo‘lishi lozim.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin