E qosimov, M. Akbarov


Yog‘och qatlam plastiklar



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə127/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   156
Yog‘och qatlam plastiklar yuqori sifatli to‘g‘ri xodadan tilib olingan yupqa listlarni termoreaktiv smolalar shimdirib, ularni yuqori harorat va bosim ostida o‘zaro yopishtirib olinadi. Yog‘och plastik qatlam quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 70—560 sm, eni 90—120 sm va qalinligi 2—100 mm. U turarjoy, jamoat binolari qurilishlarida pardozbop va konstruktiv ashyo sifatida ko‘p ishlatiladi.
Organik shisha — oddiy deraza oynalari kabi nur o‘tkazuvchan va uning ta’siriga chidamli yengil ashyo. Vaqt o‘tishi bilan organik shishada xiralashish yoki sarg‘ayish, shuningdek, mo‘rtlashish alomatlari bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ob-havoda mutlaqo o‘z xususiyatini, ko‘rinishini o‘zgartirmaydi. Uning egiluvchanligi va yuqori mustahkamligi sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida ishlatishga imkon beradi. U 60°C gacha isitilsa juda oson egiladi va turli buyumlar ishlashga imkoniyat yaratiladi. 120°C da juda yumshoq, 160°C da oquvchan bo‘ladi, 300°C dan yuqori haroratda esa u yonish xususiyatiga ega. Organik shisha uzunligi 10—135 sm, eni 10—125 sm va qalinligi 2—25 mm ga teng qilib taxta shaklida ishlab chiqariladi. Organik shishani rangli, xira va rangsiz qilib ham tayyorlash mumkin. Uning hajmiy og‘irligi 1200 kg/m3 ga teng. Organik shisha nur o‘tkazuvchan devor va pardadevor, deraza o‘rni va bug‘ xonalarni berkitishda, shuningdek, sanoat inshootlarida ishlatiladi.
Serg‘ovak plastmassalar. Ari uyasisimon plastika (sotoplast) devorchalari to‘g‘ri geometrik shakllardan iborat bo‘lgan, orasi esa bo‘shliqdan tashkil topgan ashyo. Ari uyasisimon plastika gazlama, qog‘oz, yog‘och listi va shunga o‘xshash yupqa ashyolarni termoreaktiv smolalar shimdirib, yuqori bosim va harorat ostida zichlab, so‘ng ularni o‘zaro yopishtirib olinadi. Ari uyasini eslatuvchi bo‘shliq devorlarining ikki tomoni plastik listlari bilan yopishtiriladi va quyidagi o‘lchamlarda kesilib, bloklar tayyorlanadi. Ularning uzunligi 100—150 sm, eni 55—65 sm va qalinligi 30—35 sm ga teng. Shimdirib keyin quritilgan tayyor blok yarim yaltiroq va bikr bo‘lib chiqadi.
Ari uyasisimon plastiklar, asosan issiqlikni kam o‘tkazuvchan ashyo sifatida ishlatiladi. Uni temir-beton devorbop panellar orasiga issiqlikni muhofazalovchi qatlam, ikki tomoni СВAM yoki yog‘och qatlam plastiklari bilan o‘ralgan pardevor bloklari sifatida ishlatish mumkin.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin