E qosimov, M. Akbarov


BO‘YOQCHILIKDA ISHLATILADIGAN ASHYOLAR



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə135/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156
BO‘YOQCHILIKDA ISHLATILADIGAN ASHYOLAR
Aliflar. Lak-bo‘yoqlar tayyorlashda asosan tabiiy va aralashtirilgan (sun’iy) aliflar ishlatiladi.
Tabiiy aliflarning qotishi kolloid kimyoviy jarayon bo‘lib, u havodagi kislorod bilan oksidlanish natijasidir.
Tabiiy alif zig‘ir, kanop, kungaboqar va boshqa o‘simlik moylaridan tayyorlanadi. Buning uchun o‘simlik moyiga maxsus aralashma (sikkativlar) qo‘shilib, u 200°C gacha qizdiriladi. Zig‘ir va kanopdan olinadigan alif qurilishda yuqori sifatli ashyo hisoblanadi. Shuning uchun ular o‘ta muxim inshootlardagina ishlatiladi.
Tabiiy alifning kamchiligi uning sekin qurishi, sun’iy aliflardan qimmatroq turishidir. Tabiiy alif o‘rniga quyuq-suyuqligi va parda hosil qilish xossalari unga yaqin bo‘lgan sun’iy va yarim sun’iy aliflarni ishlatish mumkin.
Yarim sun’iy alif tayyorlash uchun o‘simlik moyi maxsus ishlanib, quyuq yopishqoq modda holatiga keltiriladi, keyin unga teng miqdorda (ya’ni 50%) erituvchi qo‘shiladi. Erituvchi suyuqlik sifatida skipidar, uayt-spirt yoki solventnaft (benzol) ishlatish mumkin. Yarim sun’iy alifning tez qurishiga sabab tarkibidagi erituvchining uchib ketishi hamda moyning havodagi kislorod bilan oksidlanishidir.
Qurilishda eng ko‘p tarqalgan yarim sun’iy aliflardan biri oksol aralashmasidir. Oksol aralashmali alif olish uchun zig‘ir yoki kanop moyiga kungaboqar moyi aralashtiriladi, keyin unga sikkativ qo‘shib, issiq havo bilan qaynatiladi, hosil bo‘lgan quyuq yopishqoq moyni uaytspirt yoki solventnaft bilan suyultiriladi. Oksol aralashma quyuq bo‘yoqlarni suyultirish va binoning faqat ichki yuzalarini moylash uchun ishlatiladi.
Sun’iy (surrogatli) aliflar neft mahsulotlaridan, masalan, neftenol va karbonol aliflar yoki kanifol va shunga o‘xshash organik moddalardan ishlanadi. Aliflar qurilishda quyuq moyli bo‘yoqlarni suyultirishda, temir konstruksiyalarni dastlabki moylashda, tunukalarni va deraza panjaralarini va boshqa ko‘p qurilish buyumlarini aliflashda, shpaklyovkalar tayyorlashda ishlatiladi. Surrogatli aliflar binoning ichki yuzalari va ikkinchi darajali inshootlar uchungina ishlatiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin