E qosimov, M. Akbarov


-yilgacha respublikada tayyorlanadigan plastmassa ashyolari miqdori



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə134/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   156
2005-yilgacha respublikada tayyorlanadigan plastmassa ashyolari miqdori


Sinov savollari



  1. Plastmassa va kompozitlar to‘g‘risida umumiy tushuncha bering.

  2. Polimerizatsiya usuli bilan olinadigan polimerlar.

  3. Polikondensatsiya va polimerizatsiya degani nima, ular asosida olinadigan polimerlar haqida gapiring.

  1. Plastmassalarning afzalligi, kamchiliklari va kelajakdagi istiqbolini izohlang.

  2. Polimerlarni qayta ishlash usullari va to‘ldirgichlarning polimer xossalariga ta’siri haqida so‘zlang.

  3. Polbop, pardozbop, konstruktiv va yengil plastmassalar.

  4. Polimerbeton va qorishmalar haqida so‘zlab bering.

  5. Qoplama polimerlar nima?

  6. Polimer yelimlar va bo‘tqalarning qurilishda ishlatilishi.

  7. Shisha tolali anizotrop kompozitlar.

  8. O‘zbekiston polimer ashyolari to‘g‘risida so‘zlab bering.

  1. bob



LАK VA BO‘YOQLAR
Bino va inshootlarni pardozlashda ishlatiladigan ashyolarning chidamliligini oshirishda, tasviriy chiroy berishda, sanitariya-gigiyenasiga doir sharoit yaratishda, changlanish, ifloslanish, namlanishdan va tashqi shovqindan saqlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Pardozbop ashyolar bino va inshootlarning buzilgan joylarini ta’mirlashda ham keng ishlatiladi. Pardozbop ashyolarning turlari hozirgi kunda 350 dan oshib ketdi. Shu tufayli ularning sifatiga alohida e’tibor berish kerak. Ishlab chiqarish texnologiyasining tasnifiga ko‘ra, pardozbop ashyolar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: bo‘yoqchilikda ishlatiladigan kompozitsiyalar, tabiiy va sun’iy toshlar, sopol, shisha, temir, yog‘och, temir ashyolari, polimer va boshqalar. Me’morchilik-qurilish tasnifiga ko‘ra, pardozbop ashyolar: inshootlarning tashqi va ichki yuzalaribop, pol va shipbop hamda maxsus xillarga bo‘linadi.
Pardozbop ashyolar quyosh nurida o‘z jilosini, rangini yo‘qotmasligi, nam, qor va yomg‘ir ta’sirida ko‘chib ketmasligi kerak. Uzoq muddatga chidamliligini ta’minlashda pardozbop ashyolarni asos bilan mustahkam yopishish choralarini ko‘rish kerak. Bo‘yoq kompozitsiya ko‘p yoki bir tarkibli bo‘ladi. Asosga (yog‘och, beton, qorishma, tosh va h.k.) surtilgan bo‘yoq mustahkam yopishgan parda qatlami sifatida qotadi. Bo‘yoqlar, asosan bog‘lovchi, erituvchi, pigment va kukun to‘ldirgichlardan tashkil topgan.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin