E qosimov, M. Akbarov


POLIMERBETONLAR VA POLIMER QORISHMALAR



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə130/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   156
POLIMERBETONLAR VA POLIMER QORISHMALAR

Bog‘lovchi ashyo sifatida furil smolasi, fenol, epoksid va yarim efirli smolalar ishlatiladi. Polimerbeton furfurol-atseton ФA (10—20%) monomeri va to‘ldirgichlar shag‘al yoki maydalangan toshdan (3,87%) tashkil topgan bo‘ladi. Qotiruvchi sifatida monomer miqdorining 1-2% ga qadar benzosulfokislota (БСK) ishlatiladi.


Epoksid smoladan olingan polimer qorishmaning tarkibi 1:2:3,7 (smola : kukun to‘ldirgich : qum) nisbatda olinadi. Geksametilen diaminning kub shaklidagi qoldiqlaridan qotirgich sifatida foydalaniladi (u smola og‘irligining 25% miqdorida olinadi) va qorishma tayyorlash oldidan smolaga solinadi. Epoksid smola polimerbeton va qorishmalar vodorod ftorning suvdagi eritmasi va atseton ta’siriga chidamsizdir.
Poliefir — polimer qorishma (ПН-1) smola, izopropilbenzolning gidroperekisi (3%) va qotishni tezlatuvchi kobalt naftenatining stiroldagi 10% li eritmasi (8%) asosida tayyorlanadi. Tarkibi 1:2,5:8,8 (ПН-1 smola : kukun qum : yirik qum) nisbatda olinadi. Bunday qorishmalar xlorli sulfat va neft mahsulotlari ta’siriga 120°C haroratda ham chidamlidir.
Fenol smola asosida olingan polimerbeton kislota eritmalariga, ma’dan va o‘simlik yog‘lariga bardosh bera oladi, lekin ishqorlar ta’sirida yemiriladi. Polimerbeton va qorishmalar panellarning suvga chidamliligini oshirishda, gidrotexnik inshootlarning sirtini qoplash, tuproqni mustahkamlash, zararli suyuqliklar va neft mahsulotlari saqlanadigan omborlar, zavodlarning kimyo sexlari pollarini qoplash uchun ishlatiladi.
Polimer qoplamalar. Gaz alangasi bilan changlatish usuli buyumlar yuzasini smola yoki qiyin eriydigan temir bilan qoplashda qo‘llanadi. Smola yoki emal kukuni yuqori bosimda sochilib chiqishida gaz alangasiga uriladi va erib, siqilgan havo bilan changlangan holda buyumning sirtiga purkaladi.
Buyumni qizitib changlatish usuli buyumlar sirtini poliamid (kapron va boshqalar) va polietilen bilan qoplash kerak bo‘lganda ishlatiladi. Buyum polimer eriydigan haroratdan ortiqroq haroratgacha qizdiriladi va polimer kukuni bor vannaga qisqa muddatga botiriladi yoki qizdirilgan buyum sirtiga bosim ostida polimer kukuni purkaladi. Natijada, buyum sirtida polimer qatlami tekis va toza sirt hosil qiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin