E qosimov, M. Akbarov


POLIKONDENSATSIYALANADIGAN FAZOVIY POLIMERLAR



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə115/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   156
POLIKONDENSATSIYALANADIGAN FAZOVIY POLIMERLAR
Fenolformaldegid smolalari (ФФС) toshko‘mir, tabiiy gaz, suv va havodan olingan fenol bilan formaldegidni ishlab olinadi. Formaldegid — gaz, ammo u 37—40% li eritma (formalin) sifatida ishlatiladi. Fenolformaldegid zichlangan pardozbop yog‘och qirindili va yog‘och tolali plitalar, qatlamli plastiklar, deraza romlari, arxitektura buyumlari, elektrotexnik asboblar ishlab chiqarishda, suvga chidamli fanerlar olishda va yog‘och konstruksiyalarini yelimlashda ko‘p ishlatiladi.
Mochevina-formaldegid (karbamid) smolalari asosida aminoplast olinadi. Aminoplastlar qizdirib zichlash yo‘li bilan olinadigan buyumlar uchun juda qulay termoreaktiv polimerdir. Qotgan karbamid smolasi kishi organizmi uchun zararsiz bo‘lganligi uchun, ulardan idish-tovoq, elektr buyumlari, qoshiq, vaza, cho‘mich singari buyumlar tayyorlanadi. Texnikada esa aminoplastlardan oq va rangli telefon apparatlari korpuslari, eshik bandlari, stol lampasi korpuslari tayyorlanadi. Binokorlikda qo‘llaniladigan 150150 mm o‘lchamli qoplama plitalar shu aminoplastlardan ishlanadi. Karbamid smolalar ko‘mir, havodagi azot va kislorod, tabiiy gaz va ohaktoshni kuydirganda ajralib chiqadigan angidrid gazini qayta ishlab olingan mochevina va formaldegiddan olinadi. Karbamid smolalar rangsiz, arzon, issiqlikni muhofazalovchi yengil plastmassalar, hamda qatlamli plastik va yelimlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Poliefir smolalar 3 guruhga bo‘linadi:
Alkid va gliftal smolalar. Bunda xomashyo sifatida glitserin bilan ftal kislota ishlatiladi. Undan, asosan, lak sifatida foydalaniladi.
Tola hosil qiluvchi polimerlar asosida yuqori kristallik tola —lavsan olish mumkin. Lavsan juda mustahkam tola bo‘lib, uni cho‘zilishdagi mustahkamligi 800 MPa ga teng.
To‘yinmagan poliefirlar boshqa monomer suyuqliklar bilan (masalan, stirol) oson aralashadi va bosimsiz, haroratsiz qotadigan, kukun to‘ldirgichlar bilan yuqori mustahkam smola hosil qiladi. Bunday smolaga shimdirilgan shisha to‘qimalarini, shisha va jun namatlarini zichlash yoki boshqa usul bilan qayta ishlab, samolyot, vagon, avtomashina va bino xonalarining ayrim qismlarini pardozlashda ishlatiladigan buyumlar olinadi.
Qurilishda poliefir smolalar bilan ishlangan tombop, nur o‘tkazuvchan, yengil pardozbop shisha plastinkalar, santexnik buyumlar ko‘p ishlatilmoqda.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin