E qosimov, M. Akbarov


Me’mor va pardozlovchi mutaxassislarning polimer ashyolarni takomillashtirishdagi fikri



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə112/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   156
Me’mor va pardozlovchi mutaxassislarning polimer ashyolarni takomillashtirishdagi fikri. Plastmassa ashyolari bilan ishlaydigan me’mor va pardozlovchi mutaxassislar ular uchun zarur xususiyatlarni berish imkoniyatiga ega. Me’mor nafaqat imkoniyatga ega, balki ularning talab qilinadigan xususiyatlariga buyurtma berishi ham mumkin.
Hozirgi kunda, asosan funksional, iqtisodiy, estetik va boshqa talab ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan ashyolarga talab kattadir. Shunday yo‘ldan me’mor va quruvchilar ham borishi kerak. Buning uchun me’morlar ashyolarning xususiyatlari mujassamlangan dastur majmualarini ishlab chiqish, barcha ashyolarning sifat ko‘rsatkichlari matematik formulalarini bilishi zarur. Bu masala juda qiyin, uni yechish uchun barcha fan sohalaridagi mutaxassislarni jalb qilish kerak bo‘ladi. Shuning uchun, me’morlar ashyoshunoslik bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolarni oldindan bilishi talab qilinadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek zamonaviy qurilish amaliyotida pardozbop va konstruktiv plastmassalar keng qo‘llanilmoqda. Shuning uchun ham, namunaviy (etalon) pardozbop ashyolarni yaratishda me’mor va rassomlarning ishtiroki davr talabidir.
Yaratilgan yuzlab ilmiy-texnik ishlanmalar — qoplovchi va akustik ashyolar, linoleum, qoplama, gul qog‘oz va boshqa yangi turdagi rasmlar, namuna sifatida ishlab chiqarishga tatbiq etilmoqda.
Barcha yengillashtirilgan konstruksiyalarni ishlab chiqarishning zamonaviy usullari 4 taga ajratilishi mumkin: mexanik, yelimlash, kombinatsiyalashgan va payvandlash.
Mexanik biriktirishga boltli, mixli, parchinlash va o‘zini qayd qilish usullari kiradi. Yelimlashga ajratilmaydigan konstruksiyalar uchun qo‘llaniladi.
Kombinatsiyalashgan usuldagi biriktirishga bolt va yelim yordamidagi biriktirish va shu kabilar kiradi. Payvandlash ham yelimlash kabi biriktirish usuliga kiradi.
Plastmassaning kelajakdagi istiqbolini amalga oshirish uchun har bir me’mor, pardozlovchi mutaxassis quyida yoritilgan barcha plastmassa xillarining kelib chiqishi, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ularning ishlatilishiga doir ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi kerak.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin