E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə107/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   156

Sinov savollari





  1. Beton, temir-beton nima? Ilk bor qachon ishlatilgan?

  2. Armatura nima va uning temir-betondagi roli.

  3. Oldin tayyorlangan temir-beton buyumlarni izohlang.

  4. Pardozbop beton tayyorlash usullarini bilasizmi?

  5. Qurilishda ishlatiladigan temir xillari.

  6. Pardozbop temirning xossalari.

  7. Cho‘yan nima. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Tarkibiy qismi.

  8. Cho‘yanning xossalari.

  9. Po‘latning xossalari.

  10. Rangli pardozbop metallar.

  11. Aluminiy va mis qotishmalari.

  12. Magniy va uning qotishmalari.

  13. Qo‘rg‘oshin va qalay.

  14. Pardozbop noyob metallar va qotishmalar.

  15. Temir unidan ishlangan buyumlar.

  16. Temirning zanglashi va undan saqlanish usullari.


  1. bob



ISSIQLIKNI KAM O‘TKAZADIGAN PARDOZBOP ASHYOLAR
Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ashyolarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,03—0,18 Vt/(m °C) ga teng. Ashyolarni issiqlik o‘tkazuvchanligining kamligi, ularda juda ko‘p mayda havo pufakchalari kabi g‘ovaklarning mavjudligidadir. Ma’lumki, g‘ovaklardagi havo issiq-sovuqni o‘zidan yomon o‘tkazadi. Masalan, diametri 1 mm gacha bo‘lgan g‘ovakning uy haroratidagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,02 Vt/(m °C) bo‘lsa, zich tog‘ jinslariniki 100—150 marta katta bo‘ladi.
Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan organik ashyolar o‘simlik yoki hayvonot mahsulotlarini qayta ishlab olinadigan tolalardan, g‘ovakli plastmassadan tayyorlanadi. Anorganik ashyolar esa tog‘ jinslari, shisha toshqol va boshqa ashyolardan olinadi.
Issiq-sovuqni kam o‘tkazuvchi pardozbop organik ashyolarga yog‘och tolasi va qirindisidan tayyorlangan plitalar, namat, shevelin, fibrolit, g‘ovak plastmassa va shu kabilar kiradi. Anorganik issiqlik saqlovchi ashyolarga mineral paxta, paxta-namat, shisha-paxta plitalar, ko‘pik-shisha, asbestli ashyolar, keramzit, agloporit va shu kabilar kiradi.
Bino va inshoot devorlarining konstruktiv qismlari issiqlikni kam o‘tkazadigan ashyolardan bo‘lishi isitish energiyasini tejashga olib keladi. Issiq o‘choqlar bunday ashyolar bilan o‘ralganida 20—30% issiqlik saqlab qolinadi. Bunday ashyolar sovitkichlarni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin