E qosimov, M. Akbarov


TEMIRLARNING ZANGLASHI VA CHIDAMLILIGINI OSHIRISH



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə105/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156
TEMIRLARNING ZANGLASHI VA CHIDAMLILIGINI OSHIRISH
Tashqi muhitdan ta’sir etuvchi zararli moddalar, temir yuzasida kimyoviy yoki elektrkimyoviy reaksiya hosil qiladi va natijada buzilish boshlanadi. Bu jarayon zanglash deb ataladi. Kimyoviy zanglash — zararli muhitda temir yuzasida hosil bo‘ladigan reaksiya natijasida qumoq-qumoq oksidlar ajraladi. Buning sababi kislorod bilan namni havo tarkibidagi karbonat angidrid, xlor, oltingugurt gazlari yoki kislotalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib zanglashidir.
Elektrkimyoviy zanglash. Agar qandaydir tuzli eritmada (elektrolitda) har xil jinsli temirlar o‘zaro ulansa ular orasida galvanik tok vositasida elektrkimyoviy jarayon paydo bo‘ladi. Makrozanglash natijasida kichik elektr tokiga ega bo‘lgan temir ionlari eritmaga o‘tadi. Bunday elektrkimyoviy zanglashning oldini olish maqsadida tuzli eritmalarda o‘zaro yondosh holatda bir jinsli temirlarni ishlatish kerak bo‘ladi. Aks holda har hil metallar orasida hosil bo‘ladigan harakatdagi kichik elektr ionlari metall qism va buyumlarni yemiradi.
Buning uchun o‘zaro tutash metallar elektr tokini o‘tkazmaydigan har xil organik va anorganik moddalar bilan qoplanishi kerak.
Zararli muhitning qanday holatda bo‘lishiga qarab elektrkimyoviy zanglash ochiq muhit, suvosti va yer ostida bo‘lishi mumkin.
Barcha metallarning zararli muhitda yemirilishiga bo‘lgan bardoshliligi bo‘yicha ularni quyidagi tartibda joylash mumkin: aluminiy, marganes, rux, xrom, po‘lat, kobalt, nikel, qalay, qo‘rg‘oshin, mis, kumush, simob, platina, oq tilla, tilla. Ushbu tartibga ko‘ra, tuzli eritmada rux va po‘lat birga ishlatilsa, rux eritmaga o‘tadi va uning ionlari po‘lat sirtini qoplab unda elektrkimyoviy zanglash boshlanadi.
Kristallitlararo zanglash. Barcha metallarda zanglash boshlanganda, avvalo ularning yuzasida zang dog‘lari hosil bo‘ladi. Temirdagi kristallar orasida zanglash boshlanadi, donalararo bog‘lovchi kuch yo‘qoladi. Natijada, temirning mo‘rtligi oshadi.
Zararli muhitga chidamli metall ionlari bilan qoplangan qatlam, temir buyumlarning bardoshligini oshiradi.
Muhofazalovchi temir qatlamlari temir yuzasiga galvanik, kimyoviy, anodlash, diffuziya kabi usullar bilan qoplanadi. Zanglash chidamli notemir qatlamlarga emal, shisha, lak-bo‘yoq parda, plastmassa, plastik taxta, plitka kabi ashyolar kiradi. Temir qismlarini zanglamaydigan qilish uchun elektrolit eritmasiga (tuzli) solingan juft anod bilan temir qism joylanadi va tashqi manbadan elektr toki yuboriladi. Temir qism yuzasida zanglashga chidamli elektrolit yoki galvanik qatlam hosil bo‘ladi. Elektrolitda hosil bo‘lgan tok temir tuzi eritmasini hosil qiladi va temir qism yuzasiga zanglashdan saqlovchi elektrolit qatlami yopishadi. Galvanik qatlam sifatida rux, kadmiy, mis, nikel, xrom, qalay singari rangli temirlar ishlatiladi. Temirdan ishlangan me’moriy bezakbop qismlar yuzasi (ushbu usul asosida) oltin, kumush, nikel yoki xrom qatlamlari bilan qoplanadi. Agar temir buyumlar yuzasi anodlash va qoralash jarayonida kuchli eritmada oksidlansa uning zanglashga chidamliligi oshadi.
Temir buyumlarni zanglashdan saqlashning qurilishda keng tarqalgan usullaridan biri — temir yuzasiga bosim ostida erigan rangli metallni purkab (temirlash) uning yuzasida chidamli qatlam hosil qilishdir. Buning uchun zanglashga chidamli rangli temir sim (rux)ni elektr yoki gaz-kislorod alangasida eritib purkaladi. Rux qatlami temir buyumni tashqi zararli muhitdan hamda elektr zanglashdan saqlaydi. Agar rux qatlami ko‘chsa yoki qirilsa temir yuzasida galvanik (elektrolit) bug‘ hosil bo‘ladi. Natijada, rux qatlami anod, po‘lat esa katod bo‘ladi. Zanglatuvchi elektrolit bug‘i anodni eritib, katodni zanglashdan saqlaydi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin