NAMLANMAYDIGAN SUVOQNING QURISHI Sanoat, ayniqsa turarjoy binolarini suvoq qilgandan keyin uning qurishi uchun qish, bahor va kuz paytlari 15 kundan 25 kungacha, yoz vaqtlari esa 10—12 kun kerak bo‘ladi. Bunday holat inshootlarni pardozlash yoki ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida boshlashga imkon bermaydi. Ish unumi pasayadi.
Yangi suvoqdan chiqqan xona sun’iy ravishda quritilsa, uning ustki qatlami qurib quyi qatlamdagi namlik pardozlash ishlari tugagandan keyin tabiiy qurishi natijasida dog‘lar hosil qiladi. Natijada, pardozlangan yuzada dog‘lar hosil bo‘ladi.
Suvoqbop qorishmaga namlanmaydigan qo‘shilmalarni ishlatganda uning qurish tezligiga ta’siri ilmiy- amaliy tomondan o‘rganilgan va ijobiy natijalar olingan. Bunda suvoqbop qorishma tarkibida ГKЖ-10 ning miqdori 1,5% dan (quruq holatda sement og‘irligiga nisbatan) oshmasligi kerak. Jumladan:
Tarkibida «sement : ohak yoki ohak: qum bo‘lgan qorishmaga namlanmaydigan KO qo‘shilma ishlatilsa uning qurish muddati kamayadi.
Yilning bahor, kuz va qish fasllarida havoning namligi oshganda ham namlanmaydigan qo‘shilma suvoqbop qorishmasining qurishini 2 marta tezlashtiradi.
Bunday holatda, bino va inshootlarni pardozlash yoki ta’mirlash ishlarini muddatidan avval boshlashga imkon tug‘iladi. Bino va inshootlarning yuvinish xonalari va ularning muntazam nam sharoitda bo‘ladigan bo‘laklarini namlanmaydigan qorishma bilan suvaganda xonaning harorati 8—10°C, solishtirma namligi esa 80—90% atrofida bo‘ishi kerak. G‘isht yoki boshqa ashyolar bilan qurilgan devorni suvashda namligi 15— 25% dan oshmasligi kerak. Bunday sharoitda suvalgan xona 3-5 kunda, namlanmaydigan qo‘shilmasiz suvoq esa 8—10 kunda quriydi (7.6-jadval).
Namlanmaydigan qorishma odatda markaziy qorishma tayyorlaydigan uzellarda yoki qurilish maydonida ishlab chiqarilardi.
Namlanmaydigan qorishma mahsus qorgich uskunasida tayyorlanadi. Buning uchun unga avvalo suvning 75% i quyiladi, keyin qum, sement va ohak bo‘tqasi solib aralashtiriladi. Suvning qolgan qismiga namlanmaydigan qo‘shilma ГKЖ-10 dan 1,5% (sement yoki ohak og‘irligiga nisbatan) qo‘shib qorishma qorgichga solib 3-4 daqiqa aralashtiriladi. Tayyor qorishmaning mayinligini (plastikligini) «СтройЦНИИЛ» konusi yordamida aniqlanadi. Bunda konusni qorishmaga botish chuqurligi 10 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Qorishmaning quyuqlanishi yoki qotishi 8-9 soatdan keyin boshlanishini hisobga olganda, bir kunda tayyorlanadigan qorishma ish unumiga ko‘ra ortib qolmasligi kerak.