E qosimov, M. Akbarov


KO SUYUQLIKLARINI TAYYORLASH



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə92/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156
KO SUYUQLIKLARINI TAYYORLASH

Ishlatish uchun tayyor natriy alkilsilikonat (ГKЖ-10, ГKЖ-11) suyuqlikni tayyorlashdan oldin quruq ГKЖ-10, ГKЖ-11 kukuni bilan suvni aralashtirib kerakli konsentratsiyadagi boshlang‘ich eritma olinadi. Keyin boshlang‘ich eritmani qurilish maydonida yana suv bilan aralashtirib quruq kukun og‘irligiga nisbatan konsentratsiyadagi suyuqlikni 7.5-jadvaldagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra tayyorlanadi.




7.5-jadval


ГКЖ kukuni asosida tayyorlanadigan eritma tarkibi

Qurilishda ishlatish uchun 4 soatga yetadigan qilib ГKЖ suyuqligi tayyorlanadi. Aks holda, kislota va havodagi karbonat angidrid ta’sirida eritma yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.


Agar ГKЖ suyuqliklari saqlanadigan idish mahkam berkitilsa, uni 3-4 kunga yetadigan qilib tayyorlasa ham bo‘ladi.
ГKЖ suyuqliklarini quyosh nuri va havo ta’sirida bo‘lmagan temir yoki shisha idishlarda 6 oygacha saqlash mumkin. ГKЖ-94 suyuqligini esa bir yilgacha saqlasa bo‘ladi. Undan keyin ularning sifati davlat standartlariga ko‘ra tekshirilishi lozim.
PARDOZBOP QORISHMANING SUV
YUQTIRMASLIGINI OSHIRISH

Suvoqbop mineral qorishmalarning namlanmasligini oshirish uchun ishlatiladigan KO suyuqliklar qorishmani mayinligini yaxshilaydi. Masalan, sement:ohak:qum tarkibli qorishmaning mayinligi ГKЖ-10 bilan oshirilganda ohak miqdorini 50% kamaytirsa bo‘ladi. Bundan tashqari namlanmaydigan qorishmaning mustahkamligi 30—40% ga oshadi.


Ma’lumki, devor suvoq qilingandan keyin, bir oz vaqt o‘tib uning yuzasida namlik yoki zang bo‘lmasa sho‘ralash dog‘lari hosil bo‘ladi. Bunday dog‘larni xonaning shipida, yerto‘la yoki sokol devor yuzalarida ko‘rish mumkin. Bunday dog‘lar devor qurishda ishlatilgan qorishmadagi suvni shimgan g‘ishtdan suvoq yuzasi tomon tuz, ishqor yoki suvda oson eruvchan eritma kabi namlikning o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Agar ishlatilayotgan g‘isht tuzli yoki zararli moddalar aralashgan tuproqdan tayyorlangan bo‘lsa, u holda suvoq yuzasida bunday dog‘lar ko‘payadi. Agar suvoqbop qorishmaga namlanmaydigan KO moddalardan qo‘shilsa, u dog‘ hosil qiluvchi namlikni suvoq yuzasiga o‘tishidan saqlaydi.
Suvoq yuzasi muntazam ravishda namlanib va quyosh haroratida qurib turadi. Namlanmaydigan KO suyuqlik qo‘shilgan suvoqbop qorishmani 15 marta suvga to‘la shimdirib keyin quritganda uning yuzasida hech qanday dog‘lar hosil bo‘lmaydi. Aks holda, shunday sharoitdagi suvoq yuzasida 8-10 martadan keyin dog‘lar va mayda yoriqlar hosil bo‘ladi. Bunday suvoq yuzasi yog‘li bo‘yoq bilan surkalganda ham unda tuz sho‘ralari kabi dog‘lar hosil bo‘laveradi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin