E qosimov, M. Akbarov


bob PARDOZBOP QURILISH QORISHMALARI



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə87/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   156
bob



PARDOZBOP QURILISH QORISHMALARI
Qumli (yoki yirik to‘ldirgichsiz) beton deb ataluvchi qurilish qorishmasi, bog‘lovchi moddalardan birortasini (sement, ohak, gips va boshqalarni) suv, qum, rangli pigmentlar va har xil qo‘shilmalar bilan qorishtirib tayyorlanadi.
Qurilish qorishmalari suvoqchilikda, tosh, g‘isht, bloklar va boshqalardan devorlar qurishda, devorbop bloklar, plita-taxtalar tayyorlashda ishlatiladi. Qurilish qorishmalarini tayyorlashda qum to‘ldirgichlarning yirikligi 5 mm dan oshmasligi lozim.
Qurilish qorishmalari (quruq holatidagi) zichligiga ko‘ra oddiy — zichligi 1500 kg/m3 dan katta va yengil — zichligi 1500 kg/m3 dan kichik bo‘lgan xillarga bo‘linadi. Oddiy qorishmalar uchun to‘ldirgich sifatida zichligi katta bo‘lgan (1500 kg/m3 dan katta) daryo toshlaridan maydalab ishlangan qumlar, yengil xili uchun esa g‘ovakli yengil qumlar (keramzit, agloporit, pemza) ishlatiladi. Qorishmadagi bog‘lovchi moddalarning xiliga ko‘ra oddiy va pardozbop qorishmalar — sementli, ohakli, gips- li yoki murakkab qorishmali sement-ohakli, sement-tuproqli, ohak-gipsli kabi turlariga bo‘linadi. Ishlatilishiga qarab qorish- malar devorbop, pardozbop va maxsus qorishmalarga bo‘linadi.
Qurilish qorishmalari uchun bog‘lovchi moddalar sifatida portlandsement, rangli sement, toshqol-
portlandsement, putsolan-portlandsementlar ishlatiladi. Bunday bog‘lovchilar bilan tayyorlangan qorishmalar suv, nam yoki boshqa zararli muhitdagi inshootlar qurishda ishlatiladi. Odatda ishlatiladigan gidravlik bog‘lovchilarning markasi qorishma markasidan 3-4 marta katta bo‘lishi kerak. Nam va suv ta’siridan uzoqda, quruq sharoitdagi qurilish qismlari uchun havoyi ohak, tuproq va gipsli bog‘lovchi moddalar ishlatiladi.
Qum tarkibida tuproq bo‘laklari yoki zararli aralashmalar bo‘lsa, elakdan o‘tkazib tozalanadi. G‘isht terishda yirikligi 2 mm dan katta bo‘lmagan qumlar ishlatiladi. Markasi M 50 ga teng bo‘lgan qurilish qorishmalarida sog‘tuproq changlari 20% gacha bo‘lishi mumkin.
Qorishmalarning plastikligini oshirishda plastifikator-qo‘shilmalarining ahamiyati katta. Chunki, g‘ovak asosga (g‘isht, yengil beton, serg‘ovak toshlar va h.k.) yupqa qorishma bilan g‘isht terganda yoki suvoq
qilganda, u o‘zidagi suvni saqlagan holda qotishini ta’minlamasa asos suvni tezda o‘ziga singdiradi va qorishmaning mustahkamligi keskin kamayadi. Qorishmani suv ushlashligini va plastikligini ta’minlashda anorganik va organik qo‘shilmalar ishlatiladi. Suv va namni o‘zida ushlab turadigan qo‘shilmalar — ohak, kul, tuproq, diatomit, tuyilgan toshqol va h.k. qorishmaning plastikligini oshiradi. Bunday qo‘shilmalarda organik aralashmalar suvoq yuzasida oq dog‘lar hosil qiluvchi tez eruvchan tuzlar bo‘lmasligi kerak. Tuproqni qorishmaga suv bilan quyqa holatida qo‘shish kerak. Qurilish qorishmalariga sirt-faol plastiklovchi va havo pufakchalarini o‘ziga singdiruvchi organik qo‘shilmalardan sovunsimon yog‘och peki, kanifol sovuni, milonaft, ЛСT va h.k. lar qo‘shiladi. Bunday qo‘shilmalarning afzalligi shundaki, ular qorishmaning sovuqqa chidamliligini oshiradi, suv shimuvchanligi va kirishishini kamaytiradi. Qish vaqtlari ishlatiladigan qorishmalarni tez qotishi uchun ularga muzlashning oldini oladigan qo‘shilmalar — kalsiy xlorlid, potash, natriy xlorlid, xlorli ohak va h.k. ishlatiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin