E qosimov, M. Akbarov


O‘ZBEKISTONDAGI MAHALLIY BOG‘LOVCHI ASHYOLAR



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə84/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156
O‘ZBEKISTONDAGI MAHALLIY BOG‘LOVCHI ASHYOLAR


Ohak ishlab chiqarish. Qoraqalpog‘istondagi Sulton-Uvays tog‘ etaklari, shuningdek, Orol dengizining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan katta qatlamdagi bo‘rli ohaktosh zaxiralari ohak ishlab chiqarish uchun yaroqli xomashyolardir. Shu singari ohakbop xomashyo Sho‘rsuv, Rishton, So‘x, Bekobod, Samarqand, Buxoro va boshqa hududlarda juda ko‘p tarqalgan.
O‘zbekistonda ohak ishlab chiqaruvchi quyidagi korxonalar mavjud:

  • Jizzax KAK quvvati 143 ming tonna. Bu kombinat uchun viloyatdagi mavjud ohaktosh zaxirasi 28,3 mln tonna bo‘lgan kon aniqlandi. Mahsulotni oluvchilar: Urganch KAK, Olmaliq va Samarqand kimyo zavodlari, Jizzax qishloq qurilish AU, Samarqand kimyo qurilish AU, Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirligi, Agroqurilish, Kommunal xo‘jalik qurilish va boshqa tashkilotlar.

  • Buxoro ohak kombinati, quvvati 65 ming tonna. Quvvatdan foydalanish koeffitsienti 0,6. Xomashyo bazasi — Qorovulbozor koni. Zaxirasi 10,8 mln tonna. Ta’minot muddati 16,5 yil.

  • Nukus ohak zavodi quvvati 65 ming tonna. Xomashyo bazasi — Aktau koni. Zaxirasi 18,4 mln tonna.

Ta’minoti 30 yil.

  • Qo‘shko‘pir silikat zavodi, Jumuratau koni ohak asosida ishlaydi. Zaxirasi 552 ming tonna.

  • Bekobod sement kombinati ohak sexining quvvati 70 ming tonna. U Farhod koni ohagi asosida ishlaydi (6,1 mln tonna). Ta’minoti 6 yil.

  • Quvasoysement AU dagi ohak sexi. Quvvati 97 ming tonna. Xomashyo bazasi Quvasoy ohak koni (17,4 mln tonna). Ta’minoti 14 yil.

O‘zbekiston bo‘yicha jami 130 ta ohaktosh konlari mavjud. Ulardan 15—20% sifatli ohak ishlab chiqarilishi aniqlangan.
Gips ishlab chiqarish. Gipsli bog‘lovchi moddalarning O‘zbekistonda keng miqyosda ishlatilganligi, arxeologlarning ko‘rsatishicha VII—XI va X—XIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda gips, asosan g‘isht terishda, san’at koshonalarini bezashda va toshlarga o‘yib gullar solishda ko‘p ishlatilgan.
Ma’lumki, gips havoda qotadigan bog‘lovchidir. Shunga ko‘ra bizning ota-bobolarimiz gipsli
bog‘lovchilarni ob-havo, suv, nam ta’siriga chidamliligini va mustahkamligini oshirish maqsadida juda ko‘p turli faol qo‘shilmalar qo‘shib tajribalar qilishgan. Masalan, gips qorishmasining plastikligini, yopishuv- chanligini, buyumning chidamliligini oshirish maqsadida maxsus o‘simlik yelimi ishlatilgan.
Gipsning ob-havo ta’siriga chidamliligini oshirish maqsadida, qorishmaga o‘simlik kuli, tuyilgan pista ko‘mir, g‘isht kukuni, ohak va boshqalar qo‘shib devorlar qurishda, suvoqchilikda va me’morchilikda ishlatilgan.
O‘zbekiston yuqori sifatli gips bog‘lovchilaribop xomashyo zaxiralariga juda boy respublikadir. Respublikamizda ikki molekula suvli tabiiy gips va ganch, shuningdek, tabiiy angidrid — CaSO4 zaxiralari juda ko‘p tarqalgan. Ganch bilan arzik o‘zining mineralogik tarkibiga ko‘ra sog‘ tuproqning ikki molekula suvli tabiiy gips bilan aralashishidan tashkil topgan bir-biriga o‘xshash jinsdir. Faqatgina farqi shundaki, ganch tabiatda tosh holatida, arzik esa tuproq holatida bo‘ladi.
Hozir respublikada umumiy hajmi 12 mln tonnaga yaqin 25 xil gipsbop xomashyo zaxiralari topilganligi ma’lum.
O‘rta Osiyoda ko‘p tarqalgan ganch havoyi bog‘lovchi modda bo‘lib, u oddiy qurilish gipsidan tarkibidagi tuproqning ko‘pligi (20—40% gacha) bilan farq qiladi. Ganch ham qurilish gipsi singari 170-180°C haroratda pishirib olinadi, ya’ni undagi ikki molekula suvli gips yarim molekulali holatga keltiriladi.
Bunda gipsning miqdori qanchalik ortsa, ganch shunchalik yuqori sifatli bo‘ladi. Hozir respublikada to‘rtta korxona ganch ishlab chiqarmoqda.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin