Ma’lumki, ayrim mamlakatlarda g‘ishtlarning o‘ziga xos shakllari — qorishmasiz teriladigan turlari mavjud. Bunday g‘ishtlardan katta o‘lchamdagi tovushni izolyatsiyalovchi devorbop bloklar tayyorlanadi.
Hozirgi kunda gollandiyalik mutaxassislar tomonidan g‘isht yelimi ham ishlab chiqarilgan. Bunday yelim bilan yopishtirilgan g‘ishtlarning mustahkamligi sementli qorishmalarga nisbatan ancha mustahkam bo‘ladi. Sement qorishmasining qalinligi 1 sm bo‘lsa, yelimning qalinligi atigi 2 mm ga teng.
A. Alto zamonaviy me’moriy shakllarni yaratish borasidagi izlanishlari natijasida shunday xulosaga kelgan: «To‘g‘ri shakldagi g‘isht zamon talabiga javob bermaydi, ya’ni g‘isht devorlarning to‘g‘ri shakllari biz erkin shakllar beruvchi toshlarni yaratmaguncha qolaveradi. Shunday shakllarni yaratishimiz kerakki, g‘ishtni terganda talab qilingan ko‘rinishdagi — qavariq, botiq va h.k. devorlarni qurish mumkin bo‘lsin».
Afsuski hozirgacha bunday shakllar beriluvchi g‘ishtlar yo‘q, lekin me’mor, dizayner va muhandislar yangi turdagi yelim va g‘ishtlarni yaratish ustida izlanmoqdalar.
Jumladan, g‘ishtning yangi shakli bo‘yicha Amerikaning № 4124961 patentini misol qilishimiz mumkin (4.2-rasm).
Bunday g‘ishtlarning afzalliklariga quyidagilar kiradi: devor qurish kam mehnat talab qiladi, terilgan g‘ishtlar bir-biri bilan mustahkam yopishadi, estetik xossalari yaxshilanadi, ular pardozbop bo‘lgani uchun suvoq qilinmaydi. Ularning o‘lchami 222 11155 mm ga teng.
Fasadbop sopol buyumlar.Bino va inshootlarning fasadini qurishda pishiq g‘isht va turli shakldagi sopol toshlar ishlatiladi. Qo‘llanishi va shakli bo‘yicha fasadbop g‘isht va toshlar qatorbop va burchakbop turlarga bo‘linadi. Ular 75, 100, 150 markalarda ishlab chiqariladi va suv shimuvchanligi 8—14%, sovuqqa chidamliligi 25 sikldan ko‘p bo‘ladi.
Fasadbop g‘isht va toshlar zinapoya, devor va h.k.larda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, emal bilan qoplangan fasadbop sopol plitalar vanna va oshxonalarning devor va pollarini qoplashda ham ishlatiladi.
Pardozbop sopol buyumlarning yuzasiga turli pardozbop qatlamlar berilishi ularning qo‘shimcha afzalliklarini keltirib chiqaradi. Uning bunday xossalari me’mor-quruvchilarga sopolni bezash ishlarida va devorbop ashyo sifatida ishlatishga imkon bergan.
Hozirgi kunda qayta ta’mirlash ishlari uchun maxsus g‘ishtlar, yuzasi bo‘yalgan va teshikli xillari ishlatilmoqda. Ularning markasi 150, suv shimuvchanligi 6-7% va sovuqqa chidamliligi 35—50 siklni tashkil etadi.
Rangli sopol ashyolar uchun suvli geksametafosfat natriy bo‘yog‘i ishlatiladi. U xomashyoni pishirish jarayonida tuproq bilan ta’sirlashishi natijasida rangli oynasimon qatlam hosil qiladi.
Shuningdek, turli tarkibdagi, g‘ovakli, ikki qatlamli g‘ishtlar zich bezak qatlamlar (5-10 mm) bilan ishlab chiqarilmoqda. Ularning narxi bo‘yalgan g‘ishtlarga nisbatan ancha arzon bo‘ladi. Izlanishlar natijasida bunday g‘ishtlarning qatlamlari bir-biri bilan mustahkam bog‘langanligi va yetarli muzlashga chidamlilikka egaligi isbotlangan. Zarurat bo‘lganda bunday g‘ishtlarga kremneorganik emalli qatlam berilishi mumkin.
G‘isht yuzasida fakturalar xosil qilishning yana bir usuli torkretlashdir. Faktura berilgan xom g‘ishtlar 900—1050°C da pishiriladi.