E qosimov, M. Akbarov


Tuproqning tarkibi va uning erish harorati



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə36/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   156
Tuproqning tarkibi va uning erish harorati
Barxan qumi mayda va sirti silliq shaklda bo‘ladi. Bunday qumdan beton konstruksiyalari ishlansa, sement xarajati 15-30% gacha oshadi.
Qumda tuproq miqdori 10% dan kam bo‘lsa — tuproqli qum, 10% dan ko‘p bo‘lsa — qumli tuproq deb ataladi.
Qumning o‘rtacha zichligi 1500 kg/m3 ga teng. Uni silkitib zichlanganda zichligi 1600—1700 kg/m3 ga yetadi. Qum qanchalik mayda bo‘lsa, namligining ortishi bilan hajmi ham shunchalik ortadi. Qum qabul qilishda, uning namligi 1 dan 3% gacha bo‘lsa, uning hajmini 10% ga kamaytirib olish lozim, agar namligi 3 dan 10% gacha bo‘lsa hajmi 15% kamaytiriladi. Qish sharoitida ochiq yerda saqlangan qumning hajmi har vaqt 15% kamaytirib olinadi. Quruq qumning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,3-0,4 Vt/m  grad.
Rangli tog‘ jinslarini tuyib olingan qumlar pardozbop beton va qorishmalar uchun mayda to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Obdan tuyilgan kremniy qumlari sementlar uchun aktiv gidravlik qo‘shilma sifatida ham ishlatiladi.
Shag‘al — har xil tog‘ jinslarining parchalanishidan hosil bo‘lgan sochiluvchan jins. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha shag‘alning sirti silliq, yumaloq shaklda bo‘lib, yirikligi 5—80 mm ga teng. Zichligi 2700—2900 kg/sm3, hajmiy massasi 1600—1800 kg/sm3 ga teng.
Kelib chiqishiga ko‘ra, shag‘al yumaloq, ignasimon, tuxum va yupqa patnissimon shakllarda uchraydi.
Tabiatda ko‘p uchraydigan xarsang toshlar tog‘ jinslarining parchalanishidan kelib chiqqan, tabiiy sharoitda silliqlangan, yirikligi 150 mm dan katta bo‘lgan jins. Maydalangan xarsang toshdan chaqilgan toshlar — sheben olinadi va betonlar uchun yirik to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
Sochiluvchan jinslarning yer qatlamining yuqori bosimi ostida o‘zaro sementlanishidan hosil bo‘lgan qumtosh — tabiiy sementlar vositasida qumning zichlanishi va nihoyat sementlanishidan hosil bo‘lgan mustahkam jinsdir. U tarkibidagi bog‘lovchi moddaning xiliga ko‘ra loyli, kremniyli, ohaktoshli, gipsli, bitumli qumtoshlarga bo‘linadi.
Loy vositasida zichlangan loyli qumtoshlar suvga chidamsiz bo‘ladi.
Mayda kremniyli alyumosilikatlar (sementlar, opal, xalsedon) bilan qumlar aralashmasining zichlanishi natijasida pardozbop kremniyli qumtoshlar hosil bo‘lgan. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 100—500 MPa, hajmiy zichligi 2400—2600 kg/m3.
Kremniyli qumtosh kislotaga chidamlidir, ammo uni ishlash qiyin. Qurilishda qumtosh pardozbop betonlar uchun to‘ldirgich, yo‘lka va zinalar uchun plitalar sifatida ishlatiladi. Kremniyli qumtoshning ayrim xillari pardozlangan holda qoplama plita sifatida ham ishlatiladi.
Ohakli qumtosh tabiiy ohak vositasida qumning zichlanishidan hosil bo‘lgan. Bunday qumtosh kislotaga chidamsiz, ammo uni ishlash oson.
Gips — yumshoq (qattiqligi 2), zichligi 2100—2200 kg/m3 ga teng bo‘lgan mineral. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha gips ikki molekula suvli kalsiy sulfatdan tashkil topgan (CaSO4  2H2O). Tuzilishi bo‘yicha gips oddiy yirik kristall (gips shpati) va ingichka tolali (selenit va donador gips) xillarga bo‘linadi.
Tabiiy gips qurilishda ishlatilmaydi, ammo u gips bog‘lovchi moddalar olishda asosiy xomashyo sifatida katta ahamiyatga ega. Uning mustahkamligi va chidamliligi katta bo‘lmaganligi uchun devor va pardozbop qoplama ashyolar sifatida kam ishlatiladi.
Gips zaxiralari ayniqsa O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin