E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə37/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156
Chig‘anoq ohaktosh — kalsiy karbonat vositasida chig‘anoqlar, mollyuskalar, tomiroyoqlar va boshqa hayvon hamda o‘simlik qoldiqlarining cho‘kishi va bog‘lanishidan (sementlanishidan) tashkil topgan g‘ovakli jins.
Chig‘anoq ohaktoshni arralash oson. Bu esa har xil kattaliklarda pardozbop plitalar, devor uchun bloklar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Uning zichligi 1000—1700 kg/m3 va issiqlik o‘tka-zvchanlik koeffitsienti 0,3-0,4 Vt/m  grad ga teng bo‘lib, yirik g‘ovak tuzilishga ega. Shu sababli uning sovuqqa chidamlilik ko‘rsatkichi qoniqarli (3.5-rasm).
Chig‘anoq ohaktoshni ishlash oson va u yaxshi mixlanadi. Qurilishda, asosan devor ashyolari uchun tosh va bloklar, betonlar uchun yirik to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Chig‘anoq ohaktosh zaxiralari O‘zbekiston va Tojikistonda ko‘p.
Bo‘r — oq rangli yumshoq jins, 98-99% CaCO3 dan iborat. Bo‘r chig‘anoqning kalsiy tuzlari to‘yingan eritmalari bilan birgalikda cho‘kishidan hosil bo‘lgan. Bo‘r, ohak, sement, shisha, zamazkalar tayyorlashda xomashyo sifatida ishlatiladi.
Diatomit va trepellar oq rangli, parchalangan tog‘ jinslarining cho‘kindisidan hosil bo‘lgan yengil jins. U suvli amorf holatdagi kremniy tuprog‘idan iborat bo‘lib, tomiroyoqlar va sho‘r suvlarda o‘sadigan diatomli o‘simliklardan tashkil topgan. Bu jinslar tabiatda sochiluvchan yoki serg‘ovak, yaxlit holatda uchraydi.
Trepel va diatomit jinslarida gidravlik aktiv moddalar 75—96% kremniy bor. Ularning fizik va mexanik xossalari bir-biriga yaqin. Zichligi 350—950 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,15—0,20 Vt/m  grad. Diatomit va trepel issiqlik o‘tkazmaydigan va bog‘lovchi moddalar uchun gidravlik faol qo‘shilma sifatida ishlatiladi.


METAMORF TOG‘ JINSLARI
Birlamchi va ikkilamchi jinslarni har xil fizik, kimyoviy va mexanik jarayonlar (jinslar o‘rtasidagi o‘zaro reaksiyalar, tektonik jarayonlar, gazlar ta’siri, harorat, yuqori bosim va h.k.) ta’sirida xossalari va shaklining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan jinslardir. Metamorf tog‘ jinslariga quyidagilar kiradi.
Otilib chiqqan, keyin esa atmosfera ta’sirida ko‘rinishi o‘zgargan jinslar — gneyslar. Ko‘rinishi o‘zgargan cho‘kindi pardozbop jinslar — marmar, kvarsitlar, slanes, asbest. Qurilishda keng tarqalgan asosiy metamorf jinslarning ayrimlari bilan tanishamiz.
Gneyslar — granit, kvars porfirlari va ayrim konglomeratlarning atmosfera ta’sirida ko‘rinishi va xususiyatlari o‘zgargan, yaxlit yoki yupqa slaneslar qatlamidan tashkil topgan jins (3.6-rasm).
Gneyslar tarkibi bo‘yicha granitga o‘xshash. Ularning zichligi 2400—2800 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 120—200 MPa. Gneyslar xarsang tosh, beton uchun yirik to‘ldirgich, yo‘lkalar uchun va pardozbop plita sifatida ishlatiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin