E qosimov, M. Akbarov


TABIIY TOSH ASHYOLARINING ASOSIY XOSSALARI



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə39/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   156
TABIIY TOSH ASHYOLARINING ASOSIY XOSSALARI


Zichligi yuqori bo‘lgan yaxlit tabiiy tosh ashyolarining (granit, diabaz, marmar va boshqalar) zichligi 2500—3100 kg/m3 ga teng bo‘lsa, g‘ovak ashyolarni (trepel, bo‘r va chig‘anoq ohaktosh, pemza tuf) zichligi 500-1700 kg/m3 ga teng.
Qurilishbop tosh ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning zichligiga bog‘liq. Og‘ir tosh ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5—3,0, g‘ovakli va serg‘ovak ashyolarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti esa 0,2—0,6 Vt/m  grad gacha bo‘lishi mumkin. Tosh ashyolarining erish harorati ularning tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Monomineral jinslarning erish harorati nihoyatda yuqori bo‘ladi. Masalan, kvarsning erish harorati — 1710°C, marmarniki — 1810°C, dolomitniki — 1710°C ga teng. Tarkibida dala shpati, temir oksidi va ishqorlar bo‘lgan ko‘p mineralli jinslarning erish harorati esa kamroq bo‘ladi. Masalan, granit — 1450°C, diabaz — 1350°C tarkibida temir birikmalari bo‘lgan tuproq — 1200°C da eriydi.
Elektr o‘tkazuvchanlik xususiyati tosh ashyolari zichligiga va suv shimuvchanligiga bog‘liq. Tabiiy toshlardan dielektrik ashyolar sifatida, asosan marmar va slaneslar ishlatiladi.
Tosh ashyolarning mustahkamligiga va ularning qayta ishlanish darajasiga qarab Moos shkalasi bo‘yicha
qattiqligi aniqlanadi.
Pardozbop tog‘ jinslarini tanlashda ularning tashqi ko‘rinishidagi belgilari yozib boriladi.

  1. Jinsning shakli, undagi qatlamlarning yo‘nalishi, darz yoki yoriqlarning soni va kattaligi.

  2. Cho‘kindi tog‘ jinslarining mineralogik tarkibi va ulardagi tabiiy sementning xususiyati. Tosh tarkibidagi tabiiy sementning xususiyatini aniqlash uchun jins avvalo sinaladi. Agar jins mustahkam va chidamli bo‘lsa, undagi bog‘lovchi tabiiy sement, qum, tuproq; mustahkamligi kichik bo‘lsa loyli sement bo‘ladi.

  3. Rangi va o‘zaro ichki bog‘lanishi; jinsni quruq holatida ikkiga bo‘lib aniqlanadi.

  4. Jinslardagi mineral donalarning kattaligi, ularning o‘zaro joylashishi va qanday holatda birikkanligi.

  5. Jinslardagi minerallarning tiniqligi, mikrodarzlarning miqdori (bunda jinsning yemirilish darajasi aniqlanadi.). Tajribaxonada sinash ishlarining hajmi va toshlarni ishlatishga yaroqli-yaroqsiz ekanligi yuqorida keltirilgan shartlar aniqlangandan keyingina topiladi.

Tajribaxona sharoitida, asosan tog‘ jinslarining rangi, bir jinsliligi va yaltiroqligi kabi xossalari yordamida uni tashkil etgan minerallar turi aniqlanadi. Tog‘ jinsida karbonatlar guruhiga mansub minerallarning bor- yo‘qligi xlorid kislotaning 10% li eritmasi yordamida aniqlanadi. Eritma tomizilganda kalsiy karbonatli jins qaynaydi, ya’ni karbonat angidrid ajralib chiqadi. So‘ngra jinsning endigina sindirilgan joyini ko‘zdan kechirib, uning tuzilishi va tasviri o‘rganiladi. Tog‘ jinslarining qaysi turga mansubligi va fizik-mexanik xossalari uning qanday sharoitda vujudga kelganligiga bog‘liq. Tog‘ jinslari har xil xususiyatlarga ega. Tosh ashyolarning eng zarur xossalari to‘g‘risida quyida qisqacha ma’lumot berilgan.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin